TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki 23 yanvardan eʼtiboran xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Oʻtgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda dollarning rasmiy kursi 17,55 soʻmga koʻpaydi va 8163,93 soʻmni tashkil qildi.
Yevroning kursi esa 13,13 soʻmga koʻtarilib, 9978,77 soʻmni tashkil qildi.
Shuningdek, Rossiya rubli 11 ga tiyinga qimmatlashib, 144,08 soʻmni tashkil qildi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftda Markaziy bank 2017 yilda sotilgan va xarid qilingan xorijiy valyuta toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida xabar bergandik.
Oʻzbekistonda 2017 yil 5 sentyabrdagi jismoniy shaxslar banklar orqali ayirboshlash yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, 2017 yil sentyabr-dekabr oylarida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan 854 million dollarni sotib olingan. Valyutani aholiga sotishga keladigan boʻlsak, Oʻzbekiston banklari tomonidan aholiga esa 56 million dollar sotishgan.