Propiskasiz Toshkentdan uy sotib olish mumkin boʻladi

© Sputnik / Aleksey StefanovKlyuchi ot novoy kvartirы
Klyuchi ot novoy kvartirы - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan fuqarolar uchun asossiz spekulyatsiyaning oldini olish choralarini koʻrgan holda ikkilamchi bozordan koʻchmas mulk sotib olishga boʻlgan cheklovlar bekor qilinadi

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Doimiy propiskasiz Toshkent shahri va viloyatida uy-joy sotib olish mumkin boʻladi, deb xaar qildi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi.

Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ishga kirish uchun propiska kerak boʻlmaydi

Taʼkidlanishicha, Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan fuqarolar uchun asossiz spekulyatsiyaning oldini olish choralarini koʻrgan holda ikkilamchi bozordan koʻchmas mulk sotib olishga boʻlgan cheklovlar bekor qilinadi.

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan bugun qabul qilingan "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili" Davlat dasturida koʻrsatilgan, deb yozadi nashr.

Hujjatga koʻra, shuningdek, Oʻzbekistonda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vaqtincha propiskasiz (yashash joyi boʻyicha hisobga turmasdan) boʻlish muddati uzaytiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala