Hodisalar

Toshkentda yer qimirladi

© SAM YEH / AFPZemletryaseniye
Zemletryaseniye - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda yer qimirladi, epitsentr poytaxtdan 31 km masofada ekanligi aytilmoqda

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. 23 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 6:26da poytaxtda zilzila qayd etildi. Yevropa-Oʻrta yer dengizi seysmologiya markazi bu vaqtda Oʻzbekiston sharqida zilzilani qayd etgan.

"Toshkent" seysmostantsiyasi maʼlumotlariga koʻra, 4 balli zilzila epitsentri Qozogʻiston janubida, Toshkentdan 18 kilometr masofadagi Sariogʻoch tumani hududida joylashgan.

Toshkent aholisi 3-4 balli yer qimirlashini sezishgan. 

Zilzila epitsentri Sariogʻoch shahridan 16 kilometr shimoli-sharqda, Toshkentdan 31 kilometr sharqda, 10 kilometr chuqurlikda boʻlgani bildirilmoqda. Epitsentrda zilzila kuchi 4,6 ballni tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala