Hodisalar

Toshkentdagi saunalarning birida fohishalik qilganlar qoʻlga olindi

"Zolotaya rыbka" saunasida fohishalik bilan shugʻullanib kelgan ayollar qoʻlga olindi

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. 2018 yilning 20 yanvar kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Yunusobod tumani hududida joylashgan "Zolotaya rыbka" nomli saunada tekshiruv oʻtkazildi.

Oyoqlar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"ORIYAT" operatsiyasi: Toshkent IIB fohishalarga qarshi urush eʼlon qildi
"Mazkur tekshiruv davomida fuqarolar 1998 yilda tugʻilgan Tashkenbayeva Kamolaxon Botir qizi, 1990 yilda tugʻilgan Razzoqova Umida Maxmudovna va 1992 yilda tugʻilgan Valiyeva Kumushlar saunada fohishalik bilan shugʻullanib, mijozlar bilan jinsiy aloqa qilib kelganliklari aniqlangan", — deyiladi IIBB xabarida.

Mazkur holat yuzasidan ushbu muassasa rahbari, 1983 yilda tugʻilgan Abduraxmanova Lutfinisa Abduraxmon qiziga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi 3-qismi(Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qoʻyish yoki pasportlarni garovga olish Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qoʻyish yoki pasportlarni garovga olish — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi)ga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek Tashkenbayeva, Razzoqova hamda Valiyevalarga nisbatan Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining  190(fohishalik bilan shugʻullanish) va 223-modda(Pasport tizimi qoidalari buzish)siga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala