Rozuqulov "Oʻzbekiston Havo yoʻllari" MAK rahbarligidan ozod qilindi

© SputnikBoing 767
Boing 767 - Sputnik Oʻzbekiston
Baxtiyor Hakimov yangi bosh direktor lavozimiga tayinlandi

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Ulugʻbek Rozuqulov Milliy aviakompaniya rahbari lavozimidan ozod qilindi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Prezidentы Uzbekistana i Turtsii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Anqaradagi matbuot-anjumanida hammani lol qoldirdi
Bunga qadar bosh direktorning birinchi oʻrinbosari, ungacha esa Toshkent xalqaro aeroporti direktori lavozimida ishlagan Baxtiyor Hakimov uning oʻrniga tayinlandi.

Besh oy davomida milliy aviakompaniyani boshqarib kelgan Rozuqulovning ishdan olinishi sabablari haqida aniq maʼlumot berilmadi.

Ulugʻbek Rozuqulov (1969 yilda tugʻilgan, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bitiruvchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi iqtisodiyot instituti aspiranturasini tamomlagan, iqtisodiyot fanlari nomzodi) MAKka oʻtgan yilning avgustida rahbarlikka tayinlangan edi.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari — «Oʻzavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan. Avval Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori, Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy masalalar boʻyicha departamenti direktori boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala