Hodisalar

Qozogʻistonda 100dan ortiq migrantlar sovuqdan qutqarib qolindi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishSilnыe morozы
Silnыe morozы - Sputnik Oʻzbekiston
Akmola viloyatida politsiya va FVV xodimlari qattiq sovuqdan buzilib qolgan ikki avtobus yoʻlovchilarini isinish punktlariga evakuatsiya qiliishdi.

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari mingan ikkita avtobus Qozogʻistonning Akmola viloyati hududida buzilib qoldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Kazaxstan viloyat IIB matbuot xizmatiga asosan.

Oʻtgan tunda politsiya “Astana – Petropavlovsk” yoʻlida Van Hool avtobusi buzilib qolgani haqida xabar olishgan. Keyin maʼlum boʻlishicha avtobusga quyilgan dizel yonilgʻisi qattiq sovuqdan muzlab qolgan. Salonda 43 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Ikki nafar haydovchi va yoʻlovchilar – Oʻzbekiston fuqarolari.

Avtomobilnaya doroga - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
FVV kuchli sovuq boʻlishi sababli Qozogʻistonga yoʻlga chiqmaslikka chaqirmoqda

Qutqaruv xizmati yoʻlovchilar va haydovchilarni Shortandin tumani Bozaygыr qishlogʻida joylashgan kasb-hunar oʻquv yurtida tashkil qilingan isinish punktiga olib borishgan.Ular issiq ovqat va yotishga joy bilan taʼminlangan.

Undan tashqari yakshanbadan dushanbaga oʻtar oqshomi Bulandin tumani politsiya xodimlari “Merke — Tyumen” yoʻnalishida harakatlanayotgan, buzilib qolgan Setra avtobusi yoʻlovchilariga yordam berishgan. Avtobusda 2 nafar haydovchi va 55 nafar yoʻlovchilar – Tojikiston fuqarolari boʻlgan. Ularning barchasi isinish punktlariga evakuatsiya qilingan.

Ushbu haftada kuzatilayotgan kuchli sovuqdan Akmola viloyatidagi barcha avtomobil yoʻllari barcha yoʻnalishda qatnayotgan jamoat transporti uchun yopilgan. Politsiya kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Fuqarolardan vaqtincha uzoq masofaga sayohatga chiqishdan voz kechish soʻralmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada “Samara — Shыmkent” yoʻlida 57 nafar yoʻlovchi mingan avtobus yonib ketib, 52 nafar Oʻzbekiston fuqarolari qurbon boʻlgan edi. Keyinroq maʼlum boʻlishicha, yongʻin “olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish” oqibatida kelib chiqqan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala