Madaniyat

Afgʻonistondan 100dan ortiq talaba Termizga oʻqishga keldi

© Natsionalnoye informatsionnoye agentstvo UzbekistanaStudentы v obrazovatelnom tsente v Termezeskom rayone po obucheniyu afganskix grajdan pri Ministerstve vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan.
Studentы v obrazovatelnom tsente v Termezeskom rayone po obucheniyu afganskix grajdan pri Ministerstve vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan. - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻshni davlat rasmiylari dunyoning hech bir mamlakatida afgʻon yoshlari uchun Oʻzbekistondagiday sharoit yaratilmaganini qayd etishmoqda.

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Termizda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida – Afgʻoniston yoshlarini oʻqitish taʼlim markazi ochildi,  deb xabar qilmoqda Jahon axborot agentligi.

Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda Afgʻoniston fuqarolari taʼlim oladi

Ushbu zamonaviy taʼlim muassasasi Afgʻonistonning iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa sohalari uchun oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Taʼlim markazi direktori v.b. Oybek Roʻziyev aytishiga qaraganda, bu yerda qoʻshni mamlakat oʻgʻil va qizlari maxsus tayyorlangan oʻquv dasturi asosida 4 oylik, 6 oylik va 2 yillik oʻquv dasturlari asosida kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha saboq olishadi.

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Mardon Rahmatov

“Qoʻshni davlat farzandlarining oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha zarur bilim olishi va soha sirlarini puxta egallashiga alohida eʼtibor qaratamiz. Joriy oʻquv yilining dastlabki semestri uchun oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dars jadvali oʻzbek hamda dari tillarida tayyorlandi.<…>

Taʼlim markazining ilk talabalari oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishiga qabul qilindi. Ular ikki yil davomida soha boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlib yetishadi”, – deydi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Mardon Rahmatov.

Eslatib oʻtamiz, Afgʻoniston uchun yetuk kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan ushbu markaz, Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻanining 2017-yil dekabr oyida mamlakatimizga tashrifidan soʻng qurila boshlangan edi. Qisqa vaqt ichida mazkur markaz uchun ajratilgan bino tubdan rekonstruktsiya qilinib, jahon andozalariga mos jihozlandi.

Podpisaniye dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Afgʻoniston orasida imzolangan hujjatlar roʻyxati

“Bugun nafaqat biz, yoshlar, balki butun Afgʻoniston xalqi uchun tarixiy kun boʻldi. <…> Afgʻonistonda 7 millionga yaqin oʻzbek millatiga mansub aholi yashaydi. Termizda barpo etilgan ushbu taʼlim muassasasi maktab va bogʻchalarimizdagi oʻzbek tili mutaxassislariga boʻlgan ehtiyojni taʼminlaydi. Kelgusida temir yoʻl, energetika va boshqa sohalarda ham malakali mutaxassislar tayyorlab beradi. Bunday ulugʻ ishning tashabbuskori boʻlgan Prezident Shavkat Mirziyoyevdan benihoya minnatdormiz”?,– dedi Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidentining MDH davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar.

“Afgʻon oʻgʻil-qizlari uchun birorta mamlakatda Oʻzbekistondagi kabi muhtasham maxsus taʼlim muassasasi yoʻq”, — dedi Afgʻoniston tijorat va sanʼat vazirligi masʼul xodimi.  

Kelgusida markazni yanada kengaytirish, yozgi oshxona va novvoyxona, hammom va kir yuvish binosini yangidan qurish rejalashtirilgan. 300 oʻrinli qoʻshimcha yotoqxona barpo etish moʻljallangan. Oʻquv ishlab chiqarish ustaxonasi rekonstruktsiya qilinib, yangi bino quriladi.

Tantanali tadbir yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov hamda Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisod va inson resurslari boʻyicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy yangi taʼlim markazining Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov soʻzga chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala