Jamiyat

Orlandoning yangisi chiqadimi?

© Chevrolet2008 Chevrolet Orlando concept
2008 Chevrolet Orlando concept - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyo avtomobil bozorida minivenlar ulushi yildan yilga qisqarib bormoqda. Ularning oʻrnini boshqa turdagi avtomobillar egallamoqda.

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. GM Uzbekistan 22 yanvar kuni Chevrolet Orlando minivenlarini ishlab chiqarish toʻxtatilganini xabar qilgan edi. Ushbu munosabat bilan bir necha savol tugʻiladi. Nega toʻxtatildi, yangi miniven ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladimi? Yoki uning oʻrniga boshqa avtomobil paydo boʻladimi?

Oxirgi bir necha yil davomida dunyo avtomobil bozorida minivenlar ulushi yildan yilga qisqarib borayotganini kuzatish mumkin. Buning sabablarini yaxshiroq tushunish uchun, ushbu mavzuga chuqurroq nazar tashlaylik.

Miniven oʻzi nima?

Miniven yoki kompaktven nomli avtomobil turi 1980 yillar boshida paydo boʻlgan edi. Eng birinchi ommaviy miniven Dodge Caravan amerikada 1983 yilda paydo boʻldi. Undan bir necha oy oʻtib Yevropada Renault Espace ishlab chiqarila boshladi.

Miniven – bu uzunligi oʻrtacha 4,5 m boʻlgan, yetti yoki sakkiz oʻrindiqli yengil avtomobil. Odatda, minivenlar S-klassdagi avtomobillar bazasida yaratiladi. Masalan, Chevrolet Orlando biroz uzaytirilgan Chevrolet Cruzening platformasida yasalgan. Ford C-Max esa — Ford Focus asosida, Yevropaning eng ommaviy miniveni — Opel Zafira – Opel Vectra  asosida yaratilgan.

Yengil avtombil platformasida yaratilgan miniven ichida 3 qator oʻrindiq oʻrnatilgan boʻlishi va salon imkon qadar kengroq boʻlishi kerakligini tufayli miniven kuzovi shakli, istasa-istamasa avtobusga oʻxshagan boʻladi.

Bunday tuzilishning oʻziga xos yaxshi va yomon tomonlari bor. Yaxshi tomonlari – mashina saloni keng boʻlishi, unda 6-7ta odam yoki koʻp miqdorda yuk tashish imkoniyati borligi va shu bilan birga yengil avtomobil kabi tejamkorligi. Yomon tomoni esa – avtobussimon tashqi koʻrinishning unchalik chiroyli emasligi, miniven kuzovining sedan yoki yoʻltanlamas avtombillariga nisbatan nimjonligi, avariyalarda koʻproq shikastlanishi hamda toʻliq yuk ortilganda dvigatel kuchi yetishmasligini qayd etish mumkin.

CC BY 3.0 / M 93 / Opel ZafiraOpel Zafira
Opel Zafira - Sputnik Oʻzbekiston
Opel Zafira
Yevropa va Shimoliy amerikada minivenlardan oilaviy avtomobil yoki uzoq sayohatlarga chiqish uchun moʻljallangan avtomobillar sifatida foydalaniladi. Ushbu sababga koʻra zamonaviy minivenlarning aksariyatining tepasi oynalik (panoramik) qilib yasalgan. Aytmoqchi, Orlando ham dastlab ommaga oynali tom bilan taqdim etilgan edi. keyinchalik ishlab chiqarish jarayonini arzonlashtirish maqsadida ushbu gʻoyadan voz kechildi.

Kuchli raqib paydo boʻldi…

2000 yillarning boshida Shimoliy Amerika bozorida Toyota RAV4 avtomobilining 2 avlodi  paydo boʻldi va u bir zumda hammaning eʼtiborini oʻziga tordi. Koʻrinishidan yoʻltanlamasga oʻxshagan, lekin kuzov undan sezilarli darajada yengil, boshqaruvi yengil avtomobildan farq qilmaydigan, klirensi baland va toʻrt gʻildiragi ham tortuvchi (4WD) avtomobil edi. Dastlab SUV, krossover deb nomlangan bunday yengil jiplarga halq orasida hazilomuz ohangda, “parketnik” deb nom berishdi, yaʼni “parket ustida yurishga yaraydigan jip” maʼnosida.

Toyota RAV4ning ikkinchi avlodi esa, parketniklar orasida bir necha yillik bestsellerga aylandi. Hatto ikkilamchi bozorda ham u uzoq vaqt davomida eng xaridorgir avtomobillardan biri boʻlib qoldi. Uning tashqi koʻrinishi hozir ham eskirganga oʻxshamaydi.

Xaridorlar krossoverlarning ustunlik tomonlariga juda tez baho berishdi. Chunki, toʻrt gʻildiragi ham tortuvchi, yoʻl klirensi baland krossover asfalt boʻlmagan yoki qishgi yoʻllarda ham ishonch bilan harakatlana olar edi. Undan tashqari krash-testlarda ham krossoverlar kuzovi, old qismi (kapot) uzunroq boʻlgani tufayli, minivenlarga qaraganda baquvvatroq ekani maʼlum boʻldi. Asosiysi esa – krossoverlar tashqi koʻrinishi ham minivendan koʻra yengilroq, uchqirroq va chiroyliroq edi.

© NissanNissan X-trail
Nissan X-trail - Sputnik Oʻzbekiston
Nissan X-trail

Shundan beri yengil yoʻltanlamas avtomobillar kundan kunga ommaviylashib, minivenlar soni esa yildan yilga kamayib kelmoqda.

Ayrimlari hali tirik…

Ushbu kunlarda sanoqli minivenlar oʻz ommaviyligini saqlab qolgan. Avvalgidek yiliga millionlab sotilmasada, ularning oʻz xaridorlari bor.

Ana shunday minivenlardan biri Toyota Alphard. U Toyota Camry asosida qurilgan boʻlib, lyuks klassdagi miniven sifatida bozorga chiqarilgan. Uni koʻproq biznesmenlar korxona direktorlari yoki nufuzli mehmonlarga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar sotib oladi. Haqiqatdan ham uning saloni juda keng va hashamdor. U yerda 4ta kreslo yoki 2 kreslo va stol oʻrnatsa boʻladi.Shaharning tor koʻchalarida, uzunligi 6 metr boʻlgan S-klass avtomobillariga qaraganda Alphardda harakatlanish va parkovka qilish ancha qulay.

Yevropaning eng yaxshi miniveni boʻlgan Opel Zafira ham haligacha oʻzining sadoqatli muxlislariga ega. Ularni birinchi navbatda Zafiraning yaxshi oʻylangan va qulay saloni, panoramik tomi, boshqaruv tizimi hamda ishonchli va tejamkor dizel dvigateli jalb qiladi.

Amerikada minivenlarning “otasi” boʻlgan Dodge Caravan haligacha yaxshi sotilmoqda. U bir necha marotaba yilning eng yaxshi miniveni, sayohatlar uchun eng yaxshi avtomobil va boshqa unvonlarga sazovor boʻlgan. Dodge Caravan chiroyli tashqi koʻrinish, keng va qulay salonga ega.

Orlandoning yangisi chiqadimi?

Eslatib oʻtamiz, Chevrolet Orlando GM Uzbekistanning Xorazmdagi zavodida ishlab chiqarilar edi. 2014 yildan buyon toʻrt mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan. Koʻrib turganingizdek u Oʻzbekistonda ham bestseller boʻla olmadi.

GM Uzbekistan zapustit proizvodstvo kompaktnogo krossovera Chevrolet Tracker - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda Chevrolet Tracker avtomobili ishlab chiqariladi

Ayni damda Chevrolet kompaniyasi Yevropa va Amerika bozorlarida minivenlar taklif qilmayapti. Shundan kelib chiqqan holda kompaniya minivenlar ishlab chiqarishdan toʻliq voz kechgan deb aytishimiz mumkin.

Minivenlar oʻrniga Chevrolet turli kattalikdagi krossoverlar ishlab chiarishni qaror qilgan boʻlishi mumkin. Orlandoning bozordagi ulushini Chevrolet Captiva va Asakada 2019 yildan boshlab ishlab chiqarish rejalashtirilgan Chevrolet Tracker egalasa ajab emas.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala