Jamiyat

Oʻzbekistonda hafta oxirida havo harorati 18 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda

© Aleksey Vladыkin / Fotobankka oʻtishKuchli sovuq tushishi
Kuchli sovuq tushishi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston boʻylab havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Hafta oxiriga kelib 18 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda

TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, respublikada 25-28 yanvar kunlari ob-havo bashorati maʼlum qilindi.

Lavina - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Chimyon vohasida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-28 yanvarda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 26 yanvarda kechasi 3-8o sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq; 27 yanvarda kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq; 28 yanvarda kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-28 yanvarda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq; 26 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 27 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; 28 yanvarda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi. Navoiy viloyatining shimolida 25 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi; 26-28 yanvarda kechasi 13-18 daraja sovuqgacha, kunduzi 5-10 daraja sovuqgacha pasayadi.

Avtomobilnaya doroga - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
FVV kuchli sovuq boʻlishi sababli Qozogʻistonga yoʻlga chiqmaslikka chaqirmoqda

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-28 yanvarda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq; 26 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 27 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; 28 yanvarda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-28 yanvarda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-26 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 27 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 28 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.

Jamiyat
Oʻzbekistonga Kavkaz mintaqasidan nam va sovuq havo oqimlari kirib keladi

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-26 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi; 27-28 yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuqgacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqgacha pasayadi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-28 yanvarda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi, 26-28 yanvarda kechasi 12-17 daraja sovuqgacha, kunduzi 5-10 daraja sovuqgacha pasayadi.

Oʻzbekiston FVV tomonidan boʻron boʻlishi haqida ogohlantirish berildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala