MTV prezident topshirig‘ini bajarish o‘rniga ko‘zbo‘yamachilik qilayotganlarni ogohlantirdi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishMalishi zanimayutsya v igrovoy komnate
Malishi zanimayutsya v igrovoy komnate - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, prezident tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda joylarda ko‘zbo‘yamachilik, topshiriqlarni noto‘g‘ri talqin qilish holatlari kuzatilgan

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil dekabr oyida maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan majlisida mutassadilarga aniq topshiriqlar bergan edi. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda joylarda ko‘zbo‘yamachilik, topshiriqlarni noto‘g‘ri talqin qilish holatlari kuzatilgan. 

Xususan, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil qilish maqsadida to‘laqonli faoliyat ko‘rsatayotgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini xususiylashtirish, tadbirkorlarga berib yuborish holatlari uchrab turibdi, deb bayonot bergan vazirlik. 

"Joylardagi mutassadilar bir narsani yaxshi tushunib olishlari lozimki, faoliyat ko‘rsatayotgan, zarur shart-sharoitlarga ega, tarbiyalanuvchilari soni belgilangan, talabga javob beradigan bog‘chalarni xususiy sektor vakillariga nol qiymatda berib yuborish oqibatida, maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya olayotgan bolalarning ta’lim olishida uzilishlar, tarbiyalanuvchilarni qamrab olish, moliyaviy muammolar kelib chiqmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha videoselektor majlisi o‘tkazdi
Yana bir bor elsatish lozimki, moddiy-texnik bazasi talabga javob bermaydigan, faoliyat ko‘rsatmayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari faqatgina Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan rasmiy kelishilgandan so‘ng xususiylashtirilishi yoki davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarga berilishi mumkin.

Shunday ekan, mazkur yo‘nalishdagi ishlar Maktabgacha ta’lim vazirligi nazorati ostida bo‘lib, fuqarolar va ularning farzandlari manfaatlari buzilmasligi uchun barcha kuchlar safarbar etilganligini ma’lum qilamiz.

Mazkur holatlar haqida xabardor fuqarolarimizni Maktabgacha ta’lim vazirligining (0371) 2553447, 2553458 telefon raqamlariga yoki mtvmdo@gmail.com elektron manziliga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz", — deyiladi vazirlikning Feysbukdagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0