Rossiya ikki oy muddatga Tojikiston fuqarolariga mamlakatga kirishga ta’qiq qo‘ydi

© Sputnik / Anton Beliskiy / Mediabankka o‘tishPassajiri poyezda Moskva – Dushanbe vzveshivayut bagaj na perrone Kazanskogo vokzala
Passajiri poyezda Moskva – Dushanbe vzveshivayut bagaj na perrone Kazanskogo vokzala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ushbu talab naqafat Tojikiston fuqarolari, balki yuqorida nomi tilga olingan Rossiya shaharlariga kirib keluvchi barcha chet elliklarga tegishli va Jahon chempionati-2018 xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan", - deb ta’kidlagan vazirlik

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Rossiya 14-iyundan 15-iyul sanasiga qadar mamlakatning 11ta stadionlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘sag‘asida Tojikiston fuqarolariga mamlakatga kirishni ta’qiqladi. Ta’qiq muddati 25-maydan boshalanadi va 25-iyulga qadar davom etadi. Bu haqda Tojikiston Mehnat vazirligi xabar bergan.

Kubok chempionata mira 2018 po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik futbol bo‘yicha jahon chempionatiga bag‘ishlangan loyihani yo‘lga qo‘ydi
"Tojikiston Mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligi mamlakat aholisidan Futbol bo‘yicha jahon chempionati-2018 o‘tkaziladigan davr oralig‘ida, imkoni boricha Rossiyaning qator shaharlariga bormaslikni so‘raydi2, — deyiladi xabarda.

Ko‘rsatilgan muddatda Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Kazan, Kaliningrad, Quyi Novgorod, Rostov-Don, Samara, Saransk va Sochi shaharlariga kirib kelgan fuqarolar bir sutka muddatda migratsiya uchetiga turishlari shart.

"Ushbu talab naqafat Tojikiston fuqarolari, balki yuqorida nomi tilga olingan Rossiya shaharlariga kirib keluvchi barcha chet elliklarga tegishli va Jahon chempionati-2018 xavfsizligini  ta’minlashga qaratilgan", — deb ta’kidlagan vazirlik.

Futbol bo‘yicha 2018-yilgi chempionat — FIFA tomonidan o‘tkazilayotgan 21-jahon chempionatidir, uning bir qismi Rossiya shaharlarida 14-iyundan — 15-iyul sanasiga qadar o‘tkaziladi.

Chempionat Rossiyaning 11 shaharlarida joylashgan 12ta stadionda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, chempionatda birinchi marta video takrorlash tizimi ishlatiladi.

Yangiliklar lentasi
0