O‘zbekiston ayollari o‘zgarmoqda

Obuna bo‘lish
"Ayni paytda hayotingizdan nechog‘li qoniqasiz?" degan savolga 88,1 % ayollar o‘z hayotidan mamnun ekanliklarini, 76,1 %i esa o‘zlarini baxtli hisoblashini ma’lum qilishgan

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan "O‘zbekiston ayollari — 2017: ijtimoiy mavqe va kayfiyat" mavzusida o‘tkazilgan so‘rov natijalari O‘zbekiston ayollari iqtisodiy mustaqil bo‘lishni xohlashini ko‘rsatdi.

Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vazirligi 2018-yildagi rejalarini e’lon qildi
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘nggi yillarda ayollarda o‘zlarining huquqiy himoyalanganiga ishonchi ortgan. Respondentlarning 81,1 %i huquqlari buzilsa davlat, ijtimoiy va fuqarolik institutlaridan ko‘mak olishi mumkinligini bildirgan.

So‘rov natijalari ayollarning munosib va zamonaviy ta’lim olishga barqaror ijobiy munosabatini ko‘rsatgan — aksariyat ishtirokchilar (74,3 %) fikricha, zamonaviy ayol uchun oliy ma’lumot muhim ahamiyatga ega, degan fikrni bildirganlar. Shuningdek, respondentlarning ko‘pi ayollar uydan tashqarida haq to‘lanadigan ishga ega bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi. Bu ayolga oilaning moddiy farovonligiga hissa qo‘shish bilan birga, iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lish imkonini taqdim etadi.

Tadqiqotlar ayollarning u yoki bu mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishining asosiy sababini aniqladi. Respondentlarning 41,7 %i ma’lumoti va malakasiga mos kasbda faoliyat yuritadi, 30 %ni kasbiga xos ijodiy xususiyat jalb etgan, ular o‘zlarini qiziqtirgan faoliyat bilan mashg‘ul, har o‘ninchi ayol esa ishda va oilada o‘z majburiyatini uyg‘unlashtirish uchun erkin jadval asosidagi ish o‘rinlarini tanlagan.

Tanzila Narbayeva – zamestitel premyer-ministra Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Norboyevani qattiq tanqid qildi

So‘rovda qatnashgan ayollarning ko‘pchiligi o‘zini faoliyat turini o‘zgartirishga, yangi kasbni egallashga qodir, deb hisoblaydi. So‘rov natijalari monitoringidan ayollarning mehnat munosabatlari faollashgani, 2015-yilda 69,5 foiz bo‘lgan ko‘rsatkich 2017-yilda 77,9 %gacha oshgani ma’lum bo‘ldi. O‘ziga bo‘lgan ishonch tufayli mehnat munosabatlari faollashgan respondentlarning aksariyatini yoshlar tashkil etadi.

O‘tkazilgan so‘rov natijasida O‘zbekiston ayollarining faol ishbilarmonlik faoliyatiga jiddiy qiziqishi ma’lum bo‘ldi: ishtirokchilarning 20,2 %i tadbirkor sifatida faoliyat yuritadi, 24,2 %i esa o‘z ishini boshlash istagida. Bundan tashqari, 84,2 % respondent ayollar ijtimoiy-siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishi kerakligini ma’qullaydi.

So‘rov ayollarning aksariyati hayotda muayan maqsadlarga erishishga intilishini ko‘rsatdi. Ishtirokchilarning hayotdagi asosiy maqsadi oila qurish, uning farovonligini mustahkamlash, farzand tarbiyasi, ularni mustaqil hayotga tayyorlashdan iboratdir. Bunda ayollarning asosiy qismi o‘z maqsadiga erishishiga, orzu-istaklari ro‘yobga chiqishiga qat’iy ishonadi.

Pobediteli konkursa molodix predprinimateley sredi devushek - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkor qizlarning eng yaxshi loyihalari aniqlandi
"Ayni paytda hayotingizdan nechog‘li qoniqasiz?" degan savolga 88,1 % ayollar o‘z hayotidan mamnun ekanliklarini, 76,1 %i esa o‘zlarini baxtli hisoblashini ma’lum qilishgan.

Umuman, o‘tkazilgan so‘rov davlat va jamiyatning barcha sohalarida yuz berayotgan o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda O‘zbekiston ayollarining tafakkuri va dunyoqarashi ham o‘zgarayotgani, ijtimoiy faolligi va fuqarolik ongi oshayotgani, fuqarolik pozitsiyasi va kelajakka ishonchi mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatdi.

Yangiliklar lentasi
0