Sovuq havoda yong‘in xavfsizligini unutmang – YoXB ogohlantiruvi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPojarniy avtomobil
Pojarniy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ob-havo sovishi munosabati bilan, Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi aholini istiish asboblaridan ehtiyotkorna foydalanishga chaqirdi.

TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xonadonlarni elektr va gaz yordamida isitganda, ehtiyot choralarini unutmaslikka chaqirdi.

  • Xususan, ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, quyidagi xavfsizlik qoidalariniga rioya qilish kerakligini esga soldi:
  • qo‘lbola va nosoz gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanmang;
  • isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;
  • isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyum va oson alangalanuvchi maxsulotlarni saqlamang;
  • gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling;
  • mabodo gaz xidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmasdan, darxol xonani shamollating xamda gaz xizmatiga xabar bering;
  • isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga e’tibor bering;

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni yong‘indan asrab qolgan bo‘lasiz”, — deyilgan xabar so‘nggida.

Yangiliklar lentasi
0