Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston U23 terma jamoasini tabrikladi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Xitoyda Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yosh futbolchilarni prezident tabrikladi.

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Bir necha daqiqa oldin Xitoyda Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan O‘zbekstonlik yosh futbolchilarga prezident tabrigi:

Aziz farzandlarim!

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Barchangizni futbol bo‘yicha Yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatining final bosqichida g‘oyat og‘ir va noqulay ob-havo sharoitida tom ma’noda matonat va jasorat namunasini namoyon etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritganingiz bilan o‘z nomimdan, ko‘pmillatli xalqimiz nomidan samimiy muborakbod etaman.

Sizlar qo‘lga kiritgan mislsiz bu g‘alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch bag‘ishlab, O‘zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Bu ulkan zafar, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi millionlab yoshlarni mardlik va matonat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shadi.

El-yurtimiz sizlar kabi mard va jasur, fidoyi o‘g‘lonlari bilan, yurtimizning haqiqiy qahramonlari bilan faxrlanadi.

Barchangizni bag‘rimga bosib, sizlarga sihat-salomatlik,
kuch-g‘ayrat, jonajon O‘zbekistonimizning shon-shuhratini dunyoga tarannum etishda doimo yutuq va zafarlar yor bo‘lishini tilayman.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev

Yangiliklar lentasi
0