Jamiyat

Islom Karimovning tan soqchisi bilan suhbat

© SputnikTeloxranitel Sadullo Muxammadkulov
Teloxranitel Sadullo Muxammadkulov - Sputnik Oʻzbekiston
"Birinchi Prezident I. Karimov respublikaning avvalgi rahbarlaridan farqli oʻlaroq, xavfsizligini taʼminlash nuqtai nazaridan juda "noqulay rahbar" edi. Masalan, Oʻzbekiston kompartiyasining birinchi kotibi etib saylangandan keyin kamtarinlik qilib, oʻzining avtomashinasiga GAI va KGB xodimlarining hamrohlik qilishiga yoʻl qoʻymagan" - tan soqchi xotiralaridan

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonning uch rahbariga xos soqchi boʻlgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizlik xizmatida uzoq yillar xizmat qilgan va 1990-1992 yillarda prezident I.A. Karimovning xos soqchilari boshligʻi boʻlgan shaxs, zahiradagi polkovnik Muhammadqulov Sadullo Murodilloyevich Sputnik Oʻzbekiston muxbiri savollariga javob berdi.

Muxbir: Sadullo aka, siz Oʻzbekiston uchun ogʻir boʻlgan vaqtda Birinchi prezident Islom Abdugʻaniyevich Karimov bilan birga ishlagansiz. Shu davr voqealari haqida gapirib bersangiz.

M.S.: Darhaqiqat men Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti uchun va mamlakatimiz uchun ogʻir boʻlgan vaqtda Islom Abdugʻaniyevich Karimov bilan yonma-yon turib ishlaganman. 1988 yilning sentyabr oyida Afgʻonistondan qaytgandan keyin men Respublika xavfsizlik komiteti markaziy apparatining boʻlimlaridan birida ishga tayinlandim. Bu boʻlimda ikki yil ishlagandan keyin meni KGB raisining oʻrinbosari G.Aliyevning tavsiyalari bilan Komitetdagi 9 boʻlinma boshligʻining oʻrinbosari — xos soqchilar boshligʻi etib tayinlashdi. Bu vazifa menga faol ishlashim uchun katta imkoniyatlarni ochib berar edi, chunki 1980-84 yillarda 9 boʻlimda xos soqchi lavozimida xizmat qilgan edim. Sovet Ittifoqi davrida 9 boʻlim Oʻzbekistonning birinchi rahbari xavfsizligini taʼminlash bilan birga, xorijiy mamlakatlardan respublikaga davlat tashrifi bilan keladigan oliy darajadagi delegatsiyalarning xavfsizligi bilan bogʻlik tadbirlarni amalga oshirar edi. Men xos soqchilar guruhining boshligʻi sifatida ish boshlaganimda 9 boʻlinmada ancha muammolar mavjud edi;

V Tashkente otkrыli pamyatnik pervomu Prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Islom Karimovning yubileyini nishonlash boʻyicha qarorni imzoladi

— Birinchi Prezident I. Karimov respublikaning avvalgi rahbarlaridan farqli oʻlaroq, xavfsizligini taʼminlash nuqtai nazaridan juda "noqulay raxbar" edi. Masalan, Oʻzbekiston kompartiyasining birinchi kotibi etib saylangandan keyin kamtarinlik qilib, oʻzining avtomashinasiga GAI va KGB xodimlarining hamrohlik qilishiga yoʻl qoʻymagan. Biz, yaʼni 9 boʻlinmaning yangi rahbariyati kelgan 1990 yilning oktyabrida esa, u kishining avtomashinasiga oldindan GAI ning bir mashinasi va orqadan GAI ning belgilari boʻlmagan oddiy VAZ — 2106 "JIGULI" avtomashinasi hamrohlik qilar edi. Albatta, biz birinchi navbatda ishni oʻsha davrda mavjud Buyruq va Instruktsiyalarga muvofiq tashkil qila boshladik. Bu baʼzilarga maʼqul emas edi. Lekin, biror kor-xol boʻlsa, birinchi navbatda professional sifatida biz javobgar boʻlishimizni bilib, mavjud sistemani tartibga soldik.

Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Islom Karimovga uyushtirilgan suiqasd haqida kitob chiqdi
- Respublikaning avvalgi rahbari bilan ishlab, maʼlum tajribaga ega boʻlgan faqat birgina xos soqchi — Nadjimitdinov Xurshid qolgan boʻlib, qolgan hammalari yangi kelgan xodimlar edi. Xos soqchilik haqida alohida darslik yoki Instruktsiyalar mavjud boʻlmaganligi uchun ularni ish jarayonini tahlil qilish yoʻli bilan oʻqitish mumkin edi. Ularning ishi smenali boʻlganligi uchun bir joyda yigʻib dars oʻtish ehtimoli juda kam edi. Shuning uchun smenadan keyingi kunlarida biz ularning har biri bilan avvaliga 1-1,5 soatdan, keyinchalik 30-40 minut atrofida dars oʻtib, smena davomidagi faoliyatini tahlil qilar va kamchiliklarini koʻrsatar edik. Shu yul bilan yangi xos soqchilarni tezkorlik bilan tayyorlar edik. Birinchi Prezident I.A. Karimovning xavfsizligini taʼminlash respublikamiz uchun siyosiy, iqtisodiy, ideologik va ijtimoiy sohalarda ogʻir inqirozlar roʻy berayotgan davrga toʻgʻri kelgan. Karimov Islom Abdugʻaniyevich 1989 yilning 25 iyunida Oʻzbekiston kompartiyasining birinchi kotibi etib saylanganlarida mashʼum Fargʻona fojealari yuz bergan edi. Keyinchalik Boʻka, Parkent voqealari qoʻshilib respublikani larzaga keltirgan edi.

- Prezident bilan tanishish siz uchun qanday kechgan?

— Prezident men bilan birinchi marta Nukus voqealari kunlari yaqindan tanishganlar. Nukus voqealari oppozitsiya, separatist guruhlar va bevosita "Birlik" partiyasining tashabbusi bilan uyushtirilgan edi. Men xos soqchilarning rahbari sifatida Prezident safaridan oldin uchib borib siyosiy va operativ sharoit bilan tanishib, ular kelishlari bilan Qoraqalpogʻiston KGB raisi bilan birga axborot berdim. Prezident avval oppozitsiyaning faollari va rahbarlari bilan obkomning kichik zalida uchrashdilar va ularning talablarini eshitdilar.

I.A. Karimovning ajoyib odatlari bor edi. Ular katta auditoriya bilan uchrashganda soʻzga chiqqan notiqlarni eshitib oʻzlariga tezislar bilan xulosalarni yozib borib oxirida yakuniy nutq soʻzlar edilar. Nukusda ham obkomning katta zalida liq toʻla xalq bilan uchrashdilar. Jahl otiga mingan va muammolar koʻpligidan nima qilishni bilmayotgan, oppozitsiya fikrini yoqlab chiqqan xalq bilan uchrashib, bosiqlik bilan 10-12 notiqning fikrlarini yozib oldilar.

Oʻzlariga tezislarni yozib xulosalar bilan toʻldirdilar va minbarga chiqib bir soatga yaqin vaqt ichida Koraqalpogʻistondagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoy hamda boshqa sohalardagi vaziyatni mufassal tushuntirib, xalqning oʻtmishi va kelajagi haqida soʻzlab berdilar. Oxirida xalqdan nimani xohlashini soʻradilar. Xalq bir ovozdan Avtonom respublika boʻlib qolishni istamasligi va Mustaqil respublika boʻlishni soʻradi. Prezident yordamchilariga qarab: "Oʻrtoq Kraynov, Qoraqalpogʻistonni Oʻzbekiston tarkibidagi respublikasi deb eʼlon qilish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlanglar", — deb topshiriq berdilar va xalqqa qarab "Bugundan boshlab Qoraqalpogʻiston avtonom respublika emas, Qoraqalpogʻiston respublikasi deb eʼlon qilaman"- deb murojaat qildilar. Xalq gulduros qarsaklar bilan prezidentning soʻzlarini tasdiqladi va oʻz xursandchiligini bildirdi.

V Tashkente otkrыli pamyatnik pervomu Prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Islom Karimovning birinchi haykali ochildi
Shunday qilib prezident katta gʻalayonlar va hunrezliklarni oldini olishga muvaffaq boʻldilar. Kechqurun Islom Abdugʻaniyevich mehmonxonadagi xonalariga kirganlarida men ularga hamrohlik qilib kirdim va ular mendan "Siz kim boʻlasiz?", — deb soʻradilar. Men ularning xos soqchilari rahbari ekanligimni aytib, oʻzim haqimda axborot berdim.

Ular mening Sharof Rashidov va I. Usmonxoʻjayev bilan ishlaganimni eshitib "Sharof Rashidov haqida nima deysiz?" — deb soʻradilar. Men ulardan "Dilimdagini aytaymi yoki tilimdagini"- deb soʻradim. Ular qoshlarini chimirib bir oz oʻyladilar va "Dilingizdagini", deb aytdilar. Men SH. Rashidov haqida kamdan kam odam biladigan baʼzi axborotni berib, oxirida "SH. Rashidov oʻzlari xizmat qilgan tizimning qurboni boʻldilar" — deb yakunladim. Ular "Juda toʻgʻri aytdingiz"- deb menga rahmat aytdilar.

- Islom Karimovni tan soqchisi sifatida ishingiz haqida gapirib bersangiz?

— Bevosita ish haqida gapirganda, prezident va uning oila aʼzolarini qoʻriqlash ham faxrli, ham juda ogʻir va mashaqqatli ish edi. Lekin bizning baxtimiz shunda ediki, Gʻulom Aliyevich Aliyev hamma ishda bizga suyanishga harakat qilar edilar. U kishi Qashqadaryoda prezident bilan birga ishlaganlari uchun ularning munosabatlari juda yaxshi edi.

Shuning uchun juda koʻp masalalarni G.Aliyev orqali hal qilar edik. Men ishga tayinlanganimdan keyin xos soqchilarning bevosita rahbari sifatida Prezidentning oila aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida ular bilan tanishishim kerak edi. Men prezidentning umr yoʻldoshlari Tatyana Akbarovna bilan birinchi marotaba uchrashib ikki soatlik suhbat davomida juda koʻp masalalarni hal qilib oldim.

Xos soqchi Sadullo Murodilloyevich - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻttiz toʻrt yillik sir: Sharof Rashidovning xos soqchisi bilan intervyu
Prezident xaqida Tatyana Akbarovnadan ularning odatlari, hislatlari, nimani yoqtirishlari-yu, nimadan jahllari chiqishlari, qarindosh-urugʻlariga boʻlgan munosabatlari va boshka koʻpgina maʼlumotlarni oldim. Bu menga prezidentning psixologik portretlarini yaratishimga katta yordam berar edi.

Men avvaldan tanlangan va tayyorlangan xos soqchilarni Tatyana Akbarovna bilan tanishtirib, Tatyana Akbarovna bilan xayrlashdim va istagan vaqtda, agar zarur boʻlsa, yarim kechada ham meni chaqirish mumkinligini aytib, telefonlarimni berdim. Xizmat davrida prezident va oila aʼzolarining xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻlik juda koʻp masalalarni hal qilishda Tatyana Akbarovna bizga katta yordam berdilar.

Men esa, oʻz navbatida, xavfsizlik bilan bogʻliq ularning hamma masalalarini hal qilishda oʻz yordamimni ayamadim.

Prezident bilan eng ogʻir vaziyatlarda, u kishining asablari hamma vaqt tarang tortilgan vaqtlarda, u kishining hali xalqaro miqyosda tanilmagan, endi prezident sifatida shakllanayotgan vaqtlarida birga boʻlganimdan gʻoyatda faxrlanaman. Men ular bilan juda koʻp ishlamadim, lekin 2 yilga yaqin vaqt mobaynida prezident va ularning oila ʼzolarining xavfsizligini taʼminlashni muvaffaqiyat bilan amalga oshiradigan sistemani, yaʼni prezident Xavfsizlik xizmatini yaratishda faol ishtirok etdim.

Oʻzbekistonda I.Karimovning katta muvaffaqiyatlaridan biri Prezident boshqaruvini kiritgani boʻldi. Nima uchun? Buning bir necha sabablari bor.

— 1989 yilning iyun oyidagi Fargʻona voqealari, keyinchalik Boʻka va Parkent voqealari respublikada yakkahokimlikning zarurligini taqozo qildi.

— KPSS ning obroʻsi tushayotgan bir paytda, uni almashtirish mumkin boʻlgan yangi sistemani tashkil etish kerak edi.

Deputatы Gdlyan i Ivanov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Tangalar mingta edi, Abdujabbor!" yoxud Gdlyan va Ivanov haqida yana bir hikoya
— SSSR ning inqirozi anarxiya va xaosga olib kelishi, davlatchilikda esa boʻshliq paydo boʻlib Tojikistondagi voqealar Oʻzbekistonga koʻchishi mumkin edi, shuning uchun qattiqqoʻllik bilan boshqarish usulini topish kerak edi.

— Oʻzbekistondagi norasmiy tashkilotlar harakatining ekstremizm yoʻliga kirayotganligi, ularning Tojikiston yoʻlidan borish maqsadida norasmiy diniy harakat bilan birlashish, hamda diniy fanatizm va milliy ekstremizmni birlashtirib "Sovetlar tuzumiga qarshi kurash olib borish" niqobi ostida grajdanlar urushini keltirib chiqarish xavfi yaqqol koʻrinib turar edi. Buni oldini olish uchun ham qattiqqoʻllik bilan qatʼiy qarorlarni operativ ravishda qabul qilish zarur edi.

— Qudratli, uzoq yillardan beri ishlayotgan va odamlar ongiga singib borgan sistema buzila boshlashi bilan uning oʻrniga yangisini tuzish uchun katta toʻsiqlar va qarshiliklar paydo boʻlishining mumkinligi, ularni yengib oʻtish uchun yangi kuchli sistema kerak edi. Oʻsha vaqtdagi ogʻir siyosiy va iqtisodiy sharoitda I. Karimovning boshqa respublikalar rahbarlaridan tezroq va oldinroq bu muammolarni tushunib yetgani va hal qilgani, hamda Oʻzbekistonning prezidenti sifatida Moskvaga borgani koʻpchilik uchun kutilmagan hol edi. Hatto, oʻshanda M. Gorbachev zaxarxandalik bilan "Endi biz 16 Prezidentga ega boʻlar ekanmiz-da?", deb aytganda, I.Karimov "Ha, kerak boʻlsa undan ham koʻp boʻladi", —deb javob bergan edi.

Keyinchalik esa, bir tomondan B.Yeltsin I.Karimovga qoyil qolib uning islohotlar yoʻlini qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, ikkinchi tomondan prezidentlar soni 16 emas 30 dan ham oshib ketdi. Prezident I.A. Karimovning oʻsha davrda Moskvadagi rahbarlar bilan boʻlayotgan murakkab munosabati, keng miqyosdagi dunyoqarashga, oliy darajadagi intellektual salohiyatga, kuchli operativ va strategik fikrash qobiliyatga, turli sohalarda ishlab katta tajribaga ega ekanliklari, hamda qoʻrqmas, adolatli va mohir raxbar ekanliklari, turli ogʻir va chigal siyosiy, iqtisodiy va boshqa muammolarni tezlik bilan hal qila olishi baʼzi rahbarlarga yoqmas edi.

Fargʻona, Boʻka va Parkent voqealari asoratlaridan qutulish, mashʼum "Paxta ishi" doirasida qamalgan respublika fuqarolarni ozod qilish va oqlash uchun prezidentning Moskvadagi turli tashkilotlar rahbarlari bilan olib borayotgan keskin kurashlari ularning xavfsizligiga ham tahdid solar edi.

Analitika
Alisher Burxonov: Oʻzbekiston SSSRga qaytmaydi
Shularni hisobga olib, biz sobiq SSSR da birinchi boʻlib 1990 yilning oxirida "Oʻzbekiston respublikasi Prezidenti xavfsizlik xizmati" ni tashkil qildik. Bu PXX ni tashkil qilishda rivojlangan mamlakatlar rahbarlarining xavfsizlik xizmatlari tajribasidan foydalandik. Hali SSSR mavjud boʻlgan vaqtda, konservativ boʻlgan SSSR Davlat xavfsizlik komiteti rahbariyatidan yangi va xalqaro talablar asosida tashkil qilinayotgan MXX ga ruxsat olish oson emas edi.

Biz ish boshlagan 1990 yilning boshlarida SSSR ning taqdirini hal qilish maqsadida M.Gorbachyov boshchiligidagi komissiya juda koʻp xatolarga yoʻl qoʻydi. 1990-yilning oxiri va 1991-yilning boshida I.Karimov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyalari haftada 1-2 marta Moskvaga borib kelar edi. Bu safarlarning asosiy maqsadi SSSR oʻrnida Federatsiya yoki Konfederatsiya tashkil qilish masalasini hal qilishda qatnashishdan iborat edi.

Kamida 8 yoki 9 variantdagi shartnomalarni tuzgandan keyin Litva voqealari, Tojikiston voqealari va Ozarbayjon voqealari respublikalar rahbarlarining bu masalaga boʻlgan munosabatlarni salbiy tomonga oʻzgartirib yubordi.

— 1991 yilning iyunida G.A. Aliyev meni taʼtildan shoshilinch chaqirib olib menga PXX (Prezidentning Xavfsizlik Xizmati) boshligʻi vazifasini bajarishni topshirdi. Oʻsha yilning avgust oyida Prezidentning Hindistonga rasmiy tashrifi koʻzda tutilgan edi. Menga bu tashrifning xavfsizlik nuqtai nazaridan tashkil qilish masalasini hal etish topshirildi. Bu oʻta muhim va sharafli vazifa edi.

Fidel Kastro (sleva) i pervыy sekretar TSK kompartii Uzbekistana Sharaf Rashidov (2 sprava) beseduyut s chabanom kolxoza imeni Sverdlova M. Muminovыm - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻttiz toʻrt yillik sir: Sharof Rashidovning oʻlimi atrofidagi mish-mishlarga nuqta qoʻyildi
Bu Prezident I.A. Karimovning birinchi xorijiy rasmiy tashrifi edi. Hali xorijga Prezident sifatida rasmiy tashrif bilan biror marta bormagan Prezidentning birinchi tashrifini tashkil qilish uchun juda ehtiyotlik va mohirlik bilan harakat qilish kerak edi. Prezidentning Hindistonga qilgan tashrifi haqida alohida soʻz yuritishga toʻgʻri keladi.

Rasmiy tashrif haqida Farmoyish chiqqandan keyin bu tashrifni tashkil qilish uchun oʻsha vaqtda Vazirlar mahkamasi raisining oʻrinbosari B.Hamidov, Prezident mahkamasi boʻlim boshligʻi F.Teshaboyev, TIV boʻlim boshligʻi A. Rasulev va PXX boshligʻi vazifasini bajaruvchi S.Muhammadqulovlardan iborat ishchi guruh tuzildi. Bu guruhning asosiy vazifasi Hindistonga borib, Prezidentning rasmiy tashrifi bilan bogʻlik hamma muammolarni hal qilishdan iborat edi. Ishchi guruh Hindistonga 4 kunga borib hamma masalalarni muvaffaqiyat bilan hal qilib keldi. Ammo 4 kun ichida juda koʻp muammolarni hal qilishga toʻgʻri keldi.

Bu muammolardan eng kattasi Prezident I.A. Karimov Hindiston Prezidentining taklifiga binoan tashrif buyurishi kerak edi. Oʻzbekiston Prezidentining oʻz oldiga qoʻygan masalalaridan eng asosiysi Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashish edi. Ammo Tashqi ishlar vazirligi esa bizga rad javobini berdi. Ular Hindistonday buyuk davlatning Bosh vaziri SSSR ning alohida respublikalari Prezidentlarini qabul qilmaydi, shu ketishda erta — indin 16 ta Prezidentni qabul qilishiga toʻgʻri keladi deb bahona qilishdi.

Lekin ishchi guruh qatʼiylik bilan guruh oldiga qoʻygan maqsadlarni amalga oshirishga harakat qilar edi.

Xulosa qilib aytganda, bu muammolar katta tortishuv va bahslardan keyin xal kilindi. I.A. Karimov oʻz oldilariga qoʻygan maqsadlarini amalga oshirdilar va Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashib koʻp mummolarni hal qilishga erishdilar. Prezidentimiz I. A. Karimovning Hindistonga qilgan safarlari u kishiga juda qattiq ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

© iz lichnogo arxiva Sadullo MuxammadkulovaIslam Karimov vizit v Indiyu
Islam Karimov vizit v Indiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Islam Karimov vizit v Indiyu

Hindistonda yurib afsus bilan "Agar samarqandliklar va andijonliklar Boburni oʻz shaharlaridan quvmaganlarida Hindiston shaharlarida qurilgan madaniy yodgorliklar Oʻzbekistonda qurilar edi, bundan esa xalqimiz juda koʻp maʼnaviy va moddiy foyda olar va vatanimizning obroʻsiga yana obroʻ qoʻshilar edi", — deb aytgan edilar.

Tadj-Maxal — mavzoley-mechet, naxodyaщiysya v Agre, Indiya - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Andijonda Shoh Jahon bunyod ettirishni orzu qilgan Toj Mahal quriladi

— Dunyodagi moʻʼjizalardan biri "Toj Mahal" ularga juda ham qattiq taʼsir qildi. Ustalar oq marmardan qurilgan bu binoni qurishda oʻsha davr arxitektura, qurilish va fanining barcha muvaffaqiyatlaridan foydalanganlari, qurilish materiallari sifatida eng nozik va sifatli 20 dan ortiq xil qimmatbaxo toshlar bilan bezatilganligi, simmetriya qoidalarining millimetrgacha hisobga olinganligi, ziyoratchilar uchun alohida mehmonxona va machitning qurilgani, butun bir salobatli kompleksni tashkil kilgani u kishini lol qoldirdi.

— Hindistonda Boburiylar sulolasi tomonidan qurilgan qasrlar, machitlar, ulkan inshootlar va maqbaralarni koʻrib hayotning achchiq haqiqati — "oqar suvning qadri yoʻq", degan iborani yana esladilar.

— Maxatma Gandi, J. Neru, Indira Gandi va R. Gandi qabrlarini ziyorat qilish, R.Gandining uyida boʻlib uning xotini Soniya Gandi va bolalari bilan suhbat qilish ular uchun alohida unutilmas voqea boʻldi…

© iz lichnogo arxiva Sadullo MuxammadkulovaIslom Karimov vizit v Indiyu
Islom Karimov vizit v Indiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Islom Karimov vizit v Indiyu

Hindiston tashrifining tugashiga 2 soat qolganda, yaʼni delegatsiyaning rasmiy tashrifi yakunlanib, Dehlidan Agraga uchib kelib, "Toj Mahal" ni ziyoratidan keyin "Xumoyun" mehmonxonasiga kelganimizda "Moskvada GKCHP hokimiyatni oʻz qoʻliga olibdi", degan xabarni oldik. Prezident meni chaqirib hoziroq uchib ketishimizni taʼminlashni soʻradilar. Men G.M.Rafiqov bilan Agra Aeroportiga kelib muddatidan 1,5 soat oldin delegatsiyaning Toshkentga qarab uchishini taʼminlashga yordam berdim va prezidentning qarorgohiga telefon qilib axborot berdim. 

© iz lichnogo arxiva Sadullo MuxammadkulovaIslam Karimov - vizit v Indiyu
Islam Karimov - vizit v Indiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Islam Karimov - vizit v Indiyu

Shunday qilib Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning birinchi xorijiy rasmiy tashrifi Hindistondek buyuk davlatga boʻlib, bu ham boʻlsa ota-bobolarimiz qurgan moʻʼjiza "Toj Mahal" ni ziyorat qilgandan keyin "Xumoyun" mehmonxonasiga kelganda Oʻzbekistonning mustaqilligidan darak beruvchi voqealarning boshlanishiga toʻgʻri keldi. Balki bu Ollohning prezidentimizga qilgan inoyatidir.
Bu voqeadan keyingi 1 hafta —10 kunda juda muhim va tarixiy voqealar yuz berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy kengashining navbatdan tashqari sessiyasida (31 avgust 1991 yil) prezidentimiz 1 — sentyabrni Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb eʼlon qildilar.
Darhaqiqat bu tarixiy kun boʻlib qoldi. Islom Abdugʻaniyevich Karimov hali Oʻzbekiston kompartiyasi markaziy komitetining birinchi kotibi boʻlgan vaqtlaridayok xalqimiz uchun oʻta muhim qarorlarni qabul qilgan edilar.
Yuqorida qayd etilgan Fargʻona, Boʻka va Parkent voqealarining asl sabablarini tahlil qilib, asosiy sabablaridan eng kattasi yer masalasi va iqtisodiy sharoitning ogʻirligi, bundan esa siyosiy va ijtimoiy inqiroz kelib chiqayotganini bilgan holda, Moskvadan soʻramasdan, 400 ming gektarga yaqin yerni 2,5 million oilaga tomorqa sifatida bepul taqsimlashga qaror chiqardilar. Agar sovetlar boshqargan 70 yil mobaynida Oʻzbekistonda 300 ming gektar tomorqa sifatida berilganligini inobatga olsak, bu qaror qanday ulkan ahamiyatga ega ekanligini tushunish kiyin emas.

Toshkent davlat avtomobil inspektsiyasi kichik serjanti Dilorom Gilfanova. - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Oʻtmishga nazar: Oʻzbekiston sobiq sovet ittifoqi davrdagi yorqin suratlar
Bu qaror xalqimizning tinch-totuv yashashini taʼminlaydigan ulkan omil edi, chunki endi xalq yaratuvchilik yoʻlini tanlagan edi. Birinchi prezidentimizning xalqimiz va davlatimiz uchun yana bir katta yaxshiliklari Oʻzbekiston kompartiyasi taqdirini toʻgʻri hal qilganlari edi.

Maʼlumki, Rossiya Prezidentining ikki qarori SSSR ning tarqalishi uchun katta zamin tayyorladi. Birinchisi "Rossiyaning suveriniteti haqida", ikkinchisi esa "KPSS ning faoliyatini toʻxtatish haqida" gi Farmoni edi. B. Yeltsinning "KPSS ning faoliyatini toʻxtatish haqida" gi Farmoni 19 million partiya aʼzolarining davlatga va KPSS ga boʻlgan ishonchini soʻndirdi.

Akademik Leo Bokeriya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Leo Bokeriya Islom Karimov vafoti haqida: Toshkentga kelganimda hech narsani iloji qolmagandi

Ittifoq, respublika, oʻlka, oblast, rayon va kata zavod-fabrikalar partiya tashkilotlarining minglab xodimlarini koʻchaga uloqtirdi. Natijada, bu xodimlarning oilalariga ham kata zarba berildi. Tez orada Rossiyada yuzlab partiya, harakat va boshqa tashkilotlar tuzilib mansab uchun kurashlar avj olib ketdi.

Islom Abdugʻaniyevich esa, bu masalaga ham, insoniylik nuqtai nazardan va gʻamxoʻr rahbar sifatida qarab, Oʻzbekiston kompartiyasi oʻrnida Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasini tashkil qilib, partiya aʼzolariga hurmat va eʼtibor koʻrsatdilar, hamda partiya tashkilotlarining turli pogʻonalarida xizmat qilayotgan minglab xodimlarini himoya qildilar. Keyinchalik bu xodimlardan saralab olib davlatning boshqa organ va tashkilotlaridagi turli lavozimlarga tayinladilar.

Prezident I.A. Karimovni baʼzi ommaviy axborot vositalari qattiqqoʻl, demokratiya printsiplariga itoat qilmaydigan rahbar sifatida koʻrsatishga harakat qilmokdalar. Ammo 1991 yilda diniy ekstremistlar tomonidan Namanganda tashkil etilgan ommaviy tartibsizliklarni eslasak birinchi Prezidentimizning kanday xislatlarga ega ekanliklarini tushunib olamiz.

Jamiyat
Toshkent aeroporti xodimlari: Islom Karimov nomi bizga gʻurur bagʻishlaydi
Oʻzbekkistonning yangi tarixida Namangan voqealari nomi bilan kirgan bu dahshatli kunlarda, Islom Abdugʻaniyevich hech narsadan qoʻrqmasdan, 3-4 ta rahbar va 2 nafar xos soqchilari bilan davlatga nisbatan keskin salbiy kayfiyatdagi olomon ichiga kirib borganlari, xalqdan respublikaning rahbarlari va hukumati nomidan kechirim soʻrab mamlakatning ogʻir siyosiy va iqtisodiy sharoitlarini tushuntirib olomonni tinchitganlari tahsinga sazovor emasmi? Namangan viloyatida keyingi yillarda diniy ekstremistlar tomonidan davlat va xalqqa nisbatan amalga oshirilgan jinoyatlar Islom dini tarkibida paydo boʻlgan turli ekstremistik tashkilotlarga nisbatan prezident oʻz munosabatlarini oʻzgartirishga majbur boʻldilar. Respublikadagi hamma sohalarda ogʻir sharoit vujudga kelgan davrda Prezident I.A. Karimov qattiqqoʻllik va donishmandlik bilan siyosat olib bormaganlarida xalqimiz boshiga katta kulfatlar tushishi aniq edi. Tojikiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Armaniston va Ukraina respublikalaridagi qonli vokealar Prezident Karimovning toʻgʻri siyosat olib borganlarini isbotlaydi.

Shuning uchun shunday ogʻir vaqtlarda Birinchi Prezident yonlarida turib ularga xos soqchilarining boshligʻi sifatida xizmat qilganimdan faxrlanaman. Prezidentning Samarkand, Buxoro, Xiva, Qarshi, Termiz va Shahrisabz kabi tarixiy shaharlarning yubileylarini oʻtkazganlari Oʻzbekistonni YUNESKO xalqaro tashkiloti yordamida dunyoga tanishtirishga erishganlari katta ahamiyatga ega.

Birinchi Prezidentimizning tashabbuslari bilan Amir Temur, Ulugʻbek, Bobur, ibn Sino, Motrudiy, Termiziy, Ismoil Buxoriy, Gʻijduvoniy, Naqshbandiy, Fargʻoniy, Margʻiloniy va boshka buyuk vatandoshlarimizning yubileylarini oʻtkazilishi mamlakatimiz obroʻsini xalqaro miqyosda koʻtarishga xizmat qildi.

Respublikaning avvalgi rahbarlaridan qolgan Fargʻona voqealari, "Paxta ishi" ga oʻxshagan sunʼiy ravishda yuzaga keltirilgan tashvishli muammolarnihal qilgani, SH.R. Rashidovning 75 yillik yubileyida nutq soʻzlab "SH. Rashidov siyosiy reabilitatsiyaga muhtoj emas, chunki u kishi siyosiy jinoyat qilgani yoʻq" — deb aytgan soʻzlari uchun xalqimiz Prezident I. A. Karimovdan hamisha minnatdor boʻlib qoladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala