Jamiyat

Oʻzbekiston chegarasida Qirgʻiziston fuqarosi yaralandi

© Sputnik / Aybek SamatovSituatsiya na uzbeksko-kыrgыzskoy granitse
Situatsiya na uzbeksko-kыrgыzskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni damda Qirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarachilari ushbu vaziyat yuzasidan oʻz tekshiruvlarini olib bormoqda.

TOSHKENT, 29 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston chegarachilari talabga boʻy soʻngmagan Qirgʻiziston fuqarosiga qarata oʻq uzishdi, deb xabar qildi Qirgʻiziston chegara qoʻshnlari matbuot xizmati.

Chegarachilar ish ustida - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasida otishma boʻldi

27 yanvar kuni 1979 yilda tugʻilgan Qirgʻiziston fuqarosi chegaraga yaqin hududda qoʻy boqib yurgan vaqti Oʻzbekiston hududiga oʻtib ketadi. Oʻzbekiston chegarachilari uni toʻxtatmoqchi boʻlganda, u Qirgʻiziston tomonga qochishga urinadi.

Qoidabuzar chegarachilar talabiga boʻy soʻnmagani, atrof qorongʻu boʻlgani va uning mahalliy aholi vakili ekanligini aniqlashning iloji boʻlmagani tufayli, Oʻzbekiston chegarachilari qurol ishlatishga majbur boʻlishadi.

Natijada Qirgʻiziston fuqarosi chap oyogʻining son qismidan yaralanadi.Qoʻlga olinganidan soʻng Qirgʻiziston fuqarosi Namangan viloyati Chust tumani kasalxonasiga yotqiziladi.

Ayni damda Qirgʻiziston va Oʻzbekiston ushbu vaziyat yuzasidan oʻz tekshiruvlarini olib bormoqda. Qirgʻiziston fuqarosi tekshiruvlar yakunlanganidan keyin uyiga qaytadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala