Shavkat Mirziyoyev Xonobod harbiy aerodromiga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta RUzShavkat Mirziyoyev posetil voyenniy aerodrom Xanabad v Karshinskom rayone
Shavkat Mirziyoyev posetil voyenniy aerodrom Xanabad v Karshinskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident harbiy aerodrom uchuvchilari bilan muloqot qildi

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Prezident Qarshi tumanidagi Xonobod harbiy aerodromiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Shavkat Mirziyoyev pobival v chastnom doshkolnom obrazovatelnom uchrejdenii v Shaxrisabze - Sputnik O‘zbekiston
Prezident bog‘cha mudirasiga avtomobil sovg‘a qildi

Tashrif davomida prezident harbiy aerodrom uchuvchilari bilan muloqot qildi.

O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va faxriylarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha o‘zining ko‘lami va miqyosiga ko‘ra misli ko‘rilmagan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda uzoq muddatli, imtiyozli kreditlar berish asosida ko‘p qavatli uy-joylar bosqichma-bosqich barpo etilmoqda.

Global Firepower ekspertlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli 50 armiyasi ro‘yxatiga kiritilgan va Markaziy Osiyodagi harbiy qudrati eng yuqori davlat hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketgandi

Tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti Yakkabog‘ tumanidagi «Darmon farm» xususiy korxonasiga qarashli «Darmon sharbati» meva-sabzavotni qayta ishlash va qadoqlash korxonasi bilan tanishdi, viloyatda bu kabi korxonalarni ko‘proq tashkil etish, tadbirkorlarga eksportni o‘rgatish masalasiga e’tibor qaratib: «Tadbirkorlarni eksportga o‘rgatish, buning uchun biznes-inkubatorlar tashkil etish, eksport muhitini yaratish zarur»ligini ta’kidlagandi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev "Dorut tilovat" majmuasi hamda Abu Muin Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi.

Shahrisabz shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, mazkur bog‘cha misolida Shahrisabz shahrida yana 25 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etish, bog‘cha mudirasi Shahnoza Xolmahmatovaga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil sovg‘a qilish bo‘yicha topshiriq berganligi haqida xabar qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0