Qarshida Islom Karimov haykali ochildi

© Press-slujba prezidenta RUzPamatnik Islama Karimova v gorode Karshi
Pamatnik Islama Karimova v gorode Karshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov tavalludining 80-yilligi arafasida Qarshi shahrida Islom Karimov haykali ochildi.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Bugun Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Islom Karimov haykali ochildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Haykal ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Ushbu kunlarda O‘zbekistonda Islom Karimov tavalludining 80-yilligi keng nishonlanmoqda. Barcha viloyatlarda xotira tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, ushbu haykal O‘zbekiston shaharlarida Islom Karimovga o‘rnatilgan uchinchi haykal bo‘ladi. Bundan oldin Toshkent va Samarqandda o‘rnatilgan haykallar haqida xabar bergan edik.

 

Yangiliklar lentasi
0