Bosh prokuror lavozimiga prezident maslahatchisi tayinlandi

© STVOtabek Muradov(sleva)
Otabek Muradov(sleva) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biroz oldin bosh prokuror Abdullayev MXX raisi etib tayinlanganini xabar bergan edik.

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bosh prokurori etib Otabek Murodovni tayinladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Otabek Baxriddinovich Murodov O‘zbekiston bosh prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu borada prezident qarori bor”, — deyilgan xabarda.

Ushbu kunga qadar O‘zbekiston bosh prokurori lavzomida ishlab kelgan Ixtiyor Abdullayev Rustam Inoyatov o‘rniga Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib tayinlanganini biroz oldin xabar bergan edik.

Otabek Murodov bundan oldin prokuratura sohasida hamda huquq-tartibot va xavfsizlik organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha prezidentning davlat maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0