Jamiyat

"Bilayn" abonent toʻlovini vaqtincha oshirmaydigan boʻldi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishKliyentka rassmatrivayet broshyuru v ofise kompanii "Bilayn"
Kliyentka rassmatrivayet broshyuru v ofise kompanii Bilayn - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning barcha hududlarida davom etadigan tarmoqni kengaytirish ishlari navbatdagi bosqichi tugagunga qadar abonent toʻlovi oʻzgarishi qoldirildi

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. "Bilayn" kompaniyasi tarif rejalari oʻz holatida qolishini maʼlum qildi.

"Shuni maʼlum qilamizki, 2018 yil 1 fevraldan boshlab, kunlik abonent toʻlovi boʻyicha eʼlon qilingan oʻzgarishlar bekor qilindi — Beeline tarif rejalari oʻz holatida qoladi", — deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniyaning bildirishicha, hozirda bonuslardan toʻliq foydalanish qiyin boʻlmoqda, shu munosabat bilan narxlar qaytadan koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekistonning barcha hududlarida davom etadigan tarmoqni kengaytirish ishlari navbatdagi bosqichi tugagunga qadar abonent toʻlovi oʻzgarishi qoldirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala