Iqtisod

Xalqaro ipakchilik komissiyasining 26-yigʻilishi Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi

© Sputnik / StringerVыstavka shelkovыx tkaney i kreamiki na stende Uzbekistana
Vыstavka shelkovыx tkaney i kreamiki na stende Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Xalqaro ipakchilik komissiyasining navbatdagi yigʻilishiga Oʻzbekiston mezbonlik qilishi toʻgʻrisidagi taklif bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Xalqaro ipakchilik komissiyasining 26-yigʻilishi Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi, deb xabar qildi "Xalq soʻzi" nashri.

Xabarda aytilishicha, yaqinda Hindistonning Guvaxati shahrida Xalqaro ipakchilik komissiyasining 25-yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Tadbirda "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi raisi B. Sharipov va "Bukhara Brilliant Silk" MCHJ direktori B. Joʻrayevlar ishtirok etganlar.

Oʻzbekiston vakillari mamlakat ipakchilik koʻhna tarixga ega ekanligi, bu borada koʻp asrlik tajriba toʻplangani taʼkidlashgan.

Buyuk ipak yoʻlida joylashgan diyorda oʻzining atlas, adras, beqasam kabi matolari bilan shuhrat qozongani eʼtirof etilgan.

Oʻz navbatida, mamlakatda mazkur sohada amalga oshirilayotgan katta yangilanishlar, modernizatsiya jarayonlari haqida maʼlumot berildi.

"Bunday islohotlarning sharofati bilan Oʻzbekistonda yetishtirilayotgan ipakchilik mahsulotlarining dunyo bozoridagi sifati va raqobatbardoshligi ortmoqda, ayni paytda jabhada 500 mingdan ziyod aholining bandligi taʼminlanayapti", qoʻshimcha qilingan xabarda.

Yigʻilishda hindistonlik R. Okxandiar mazkur komissiyaning bosh kotibi etib saylangan. Anjuman yakunida Xalqaro ipakchilik komissiyasining navbatdagi yigʻilishiga Oʻzbekiston mezbonlik qilishi toʻgʻrisidagi taklif bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi.

Xalqaro ipakchilik komissiyasiga 1960 yilda asos solingan boʻlib, u BMTdan roʻyxatdan oʻtkazilgan hukumatlararo tashkilot hisoblanadi. Oʻtgan yil sentyabr oyida Oʻzbekiston mazkur nufuzli tashkilotning yigirmanchi aʼzosiga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala