Jamiyat

MXX respublika chegara qismlarida yuzaga kelayotgan ulkan navbatlarga izoh berdi

Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi qoʻshni davlatlar bilan chegarada izoh berli

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi respublika chegarasida oʻtkazuv punktlarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar boʻyicha izoh berdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Kontrolno propusknoy punkt na granitse s Kыrgыzstanom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbek-qirgʻiz chegarasi orqali bir sutkada 7 ming nafar kishi oʻtishi taʼminlanadi

"Xalqaro aloqalar, ayniqsa, qoʻshni davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda aloqalar kengayishi munosabati bilan soʻnggi vaqtlarda chegara qismlarida keskin ravishda yoʻlovchilar tirbandligi oshishi bilan bogʻliq holatlar kuzatilmoqda", — deb xabar qildi Oʻzbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi matbuot-xizmati.

Yoʻlovchilar oqimi koʻpayishi "Qozogʻiston Respublikasi bilan chegaradagi "Gʻisht-koʻprik" avtoyoʻl punkti (bu yerda sutkasiga 28 ming nafargacha odam oʻtkazilmoqda) va Qirgʻiziston Respublikasi bilan "Doʻstlik" chegarasida (sutkasiga 8 ming nafar odam), ayniqsa sezilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala