Jamiyat

Oʻzbekistondagi eng korruptsiyalashgan tashkilot va muassasalar maʼlum boʻldi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Maʼlumotlar tadbirkorlar orasida “Oʻzbekistonda ishbilarmonlik muhiti – tadbirkorlar nigohida” mavzusida oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga asoslangan.

TOSHKENT, 1 fev – Sputnik. Oʻzbekistonda poraxoʻrlik va taʼmagirlik borasida ichki ishlar va banklar yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi nuz.uz "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tadqiqotlariga tayanib.

Aytilishicha, 12ta hududiy nazorat va boshqaruv organlari ichida korruptsiya, poraxoʻrlik va taʼmagirlik holatlari qayd etilishi borasida soʻrovda ishtirok etganlarning 25,7 va 21,4 foizi mos ravishda yuqoridagi ikki muassasani koʻrsatgan.

Jenщina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Pora olayotib ushlangan mansabdorning xonasidan yana 10,5 mln soʻm chiqdi

Soʻrovda qatnashganlarning fikricha, keyingi oʻrinlarda sudlar (19,6%) va prokuratura organlari turadi (19,5%).

Respondentlarning 13%i soliq organlarida, 11,5%i bojxona organlarida taʼmagirlik tez-tez uchrashini bildirgan.

Soʻrovda qatnashganlarning 5,7 foizi shahar va tuman hokimiyatlarida, 5,1 foizi litsenziyalash va sertifikatlashtirish bilan shugʻullanuvchi organlarda, 3,8 foizi mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatida, 2,4 foizi ekologik nazorat xizmatlarida poraxoʻrlik holatlari mavjudligini koʻrsatgan.

Shu bilan birga, soʻrovda ishtirok etgan tadbirkor va fermerlarning 22,4 foizi shahar hokimiyatlari xizmatlari tomonidan korruptsiya holatiga duch kelmaganini bildirgan, 43,2 foizi esa buni kam uchraydigan holat deb baholagan.

"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazining bildirishicha, soʻrovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 1100 nafar tadbirkor qatnashgan. Qatnashchilarning 80,1%i erkaklar, 19,9%ini ayollar tashkil etadi.

Dilshodbek Asqarov tarjimasi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala