Notarius xizmatlari uchun to‘lovni mobil telefon orqali to‘lash mumkin bo‘ldi

© Foto : axelle bMobilniy telefon
Mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Notarial harakatlar uchun qancha boj to‘lanishi kompyuter tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Endilikda notarial harakatlarni amalga oshirish uchun davlat boji va boshqa to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish mumkin. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Rabota za kompyuterom. Klaviatura - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jinoiy ishlarni elektron shaklga o‘tkazish rejalashtirilgan

"Notariuslar faoliyatiga e’tirozlar, fuqarolardan belgilanganidan ortiqcha pul mablag‘lari talab qilinayotgani haqidagi murojaatlardan kelib chiqib, Adliya vazirligi shu yil 1-fevraldan boshlab notarial harakatlarni amalga oshirish uchun davlat boji va boshqa to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish mexanizmini joriy etdi", — deyiladi xabarda.

Endilikda fuqarolar notarial harakatlarni amalga oshirish maqsadida notarial idoralarga murojaat etganda, davlat boji va boshqa to‘lovlarni mobil telefonlar imkoniyatidan foydalangan holda to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin. Bu jarayonda QR kodlardan foydalanish imkoniyati ham mavjud.

Notarial harakatlar uchun qancha boj to‘lanishi kompyuter tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi, to‘lov kvitansiyalari alohida yozilmaydi, fuqarolarga qulay va tushunarli bo‘lishi uchun yagona andozada to‘lov kvitansiyasi joriy qilinadi.

To‘lovlar bank kassalari yoki mobil telefonlar orqali amalga oshirilishidan qat’i nazar, bu haqdagi ma’lumot "Notarius" axborot tizimida onlayn tarzda aks etadi.

Yangiliklar lentasi
0