Jamiyat

Toshkent viloyati yoʻllarida foto va videoradarlar ishga tushadi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishKompleks avtofiksatsii narusheniy PDD
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik Oʻzbekiston
M39 "Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz" avtomobil yoʻliga oʻrnatilgan fotoradarlar 2018 yilning fevral oyida ishga tushiriladi

TOSHKENT, 1 fev – Sputnik. Toshkent viloyati hududidan oʻtgan M39 "Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz" avtomobil yoʻlining 806-871 kilometrlari oraligʻida maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar oʻrnatilib, 20 yanvar kunidan buyon sinov tariqasida foydalanilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Chirchiqda foto va video kuzatuv moslamalari ishga tushirildi

Yoʻl harakati qoidasini buzgan haydovchilarni aniqlashga moʻljallangan mazkur maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar qisqa muddatda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich oʻrnatilishi rejalashtirilgan.

M39 "Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz" avtomobil yoʻliga oʻrnatilgan fotoradarlar 2018 yilning fevral oyida ishga tushiriladi.

Qayd etilishicha, ushbu tizim yoʻl harakati xavfsizligini zamonaviy texnologiyalar yordamida taʼminlash, yuqori harakat jadalligi sharoitida yoʻl harakatini nazorat qilish, ishtirokchilarning yoʻl-transport hodisalaridan himoyalanganlik darajasini oshirish, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash, qayd etish hamda profilaktika qilish ishlari samaradorligini oshiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala