Bosh vazir o‘rinbosari Jumaqodirov o‘limida aybdor bo‘lgan haydovchi o‘n yilga qamaldi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishSIZO
SIZO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Temir Jumaqodirov mashinasi bilan to‘qnashgan yuk mashinasi haydovchisi Qirg‘iziston Respublikasiga katta miqdorda jarima to‘laydi

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari o‘limida aybdor deb topilgan shaxsni o‘n yilga ozodlikdan mahrum qilishdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Poxoroni Temira Djumakadirova - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev ko‘zida yosh bilan Jumaqodirov haqida nutq so‘zladi
Qaror juma kuni Moskva tuman sudi tomonidan qabul qilingan.

2017 yil 7-oktabr kuni Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Temir Jumaqodirov mingan avtomobil Moskva rayoni Sadovoe qishlog‘ida KamAZ bilan to‘qnashib ketgan edi.

Jip salonida bo‘lgan Jumaqodirovning yordamchisi va haydovchisi ham hodisa joyida hayotdan ko‘z yumganlar.

Sud hukmi o‘qilgan yuk mashinasi haydovchisi koloniyada o‘z jazo muddatini o‘taydi va Qirg‘iziston respublikasiga 2,1 million som (30 ming dollarga atrofida) miqdorida jarima to‘lashi kerak.

Yangiliklar lentasi
0