O‘zbekistonlik talabalar Rossiya o‘quv yurtlarida bepul ta’lim olishlari mumkin

© Sputnik / Vitaliy AnkovStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abituriyent Rossiyaning 80 shahridagi 500dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan istaganini tanlashi mumkin

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Rossiya oliy o‘quv yurtlari magistraturada o‘qishni istovchilar uchun Open Doors: Russian Scholarship Project xalqaro olimpiadasini tashkil etdi. Bu haqda Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Prezentatsiya UrGEU v RSNK v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ural iqtisodiyot universiteti O‘zbekistonlik talabalarni o‘qishga taklif qildi

Ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan xorijlik talabalar kirish imtihonlarisiz magistraturaga qabul qilinadi va Rossiyadagi oliy o‘quv yurtida magistrlik dasturida bepul ta’lim oladi.

Abituriyent Rossiyaning 80 shahridagi 500dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan istaganini tanlashi mumkin. Xususan, ular orasida Times Higher Education World University Rankings (THE), QS World University Rankings va Academic Ranking of World Universities (ARWU) xalqaro reytinglariga kiruvchi o‘quv yurtlari ham bor.

Olimpiada g‘oliblari qabul kampaniyasi boshlanguniga qadar o‘zi tanlagan o‘quv yurtiga qabul qilingan deb hisoblanadi.

Olimpiadada bakalavr diplomiga ega bo‘lgan yoki 2018-yilda bakalavrlik dasturida ta’lim olishni yakunlayotgan Rossiyadan tashqari istalgan mamlakatning fuqarosi qatnashishi mumkin. Olimpiadaning birinchi bosqichida qatnashish uchun arizalarni 16-fevralga qadar loyihaning od.globaluni.ru sayti orqali berish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0