Toshkentdagi "O‘rikzor" bozori sotuvga qo‘yildi

© Stringerbazar
bazar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent avtomobil halqa yo‘lida joylashgan, 22,7 ming kvadrat metr maydonga ega birinchi kompleks 42,7 milliard, Uyg‘ur ko‘chasidagi maydoni 23,6 ming kvadrat metr bo‘lgan ikkinchi kompleks 62 milliard so‘mdan taklif etilmoqda

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Toshkent shahridagi "O‘rikzor" ulgurji va chakana savdo bozori sotuvga qo‘yildi, bu haqda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining rasmiy saytida xabar qilingan.

Qulf ochish - Sputnik O‘zbekiston
«O‘rikzor" bozorining tungi o‘g‘rilari qo‘lga tushdi
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi 31-yanvar kuni savdoga qo‘ygan davlat aktivlari ro‘yxatida savdo va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ikki kompleks ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Toshkent avtomobil halqa yo‘lida joylashgan, 22,7 ming kvadrat metr maydonga ega birinchi kompleks 42,7 milliard, Uyg‘ur ko‘chasidagi maydoni 23,6 ming kvadrat metr bo‘lgan ikkinchi kompleks 62 milliard so‘mdan taklif etilmoqda.

Har ikki kompleks ham oferta shartnomasi bo‘yicha taklif etilmoqda va investitsiya majburiyatlari bilan sotiladi — yangi xaridor mazkur obyektlarga mablag‘ kiritishi lozim, uning aniq summasi ko‘rsatilmagan.

Hozirda ushbu komplekslar "O‘rikzor savdo kompleksi" MChJ balansida turibdi.

 

Yangiliklar lentasi
0