Janubiy koreyalik ishbilarmonlar Samarqandda tadbirkorlar bilan uchrashishdi

Obuna bo‘lish
Mehmonlar Samarqand viloyatining iqtisodiyoti, ishlab chiqarish va investitsiyaviy imkoniyatlari, xorijiy investorlarga yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirildi

TOShKENT, 2 fev – Sputnik. O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Janubiy koreyalik ishbilarmonlar Samarqandda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda tadbirkorlar bilan uchrashdi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda.

Mehmonlar Samarqand viloyatining iqtisodiyoti, ishlab chiqarish va investitsiyaviy imkoniyatlari, xorijiy investorlarga yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirildi.

Deti igrayut na ploshadke detskogo sada - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Koreya modeli asosida bog‘chalar quriladi

"Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyaga tashrifi chog‘ida O‘zbekistonda xorijlik ishbilarmonlar uchun yaratilgan imkoniyat va qulayliklar, investitsiya kiritish shartlariga alohida to‘xtalgan edi. Yurtingizga safarimiz davomida bunga ishonch hosil qilmoqdamiz. Samarqandga kelishimizdan avval Xiva va Buxoro shaharlarida bo‘ldik. Tadbirkorlar bilan suhbatlashdik. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan yaqindan tanishib, ayniqsa, turizm bo‘yicha juda katta imkoniyatlar borligiga amin bo‘ldik. Ushbu yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldik", — – deydi koreyalik tadbirkor Li Su Sung.

Janubiy Koreyadagi ip-kalava va tekstil, plastik va chiqindini qayta ishlash, oynalar, energiya tejamkor lampalar, kompyuterlashgan tizimdagi tomchilatib sug‘oriladigan issiqxonalar, veterinariya preparatlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va qadoqlovchi, olovga chidamli qurilish materiallari, smartfonlar uchun alohida dasturlar ishlab chiqaruvchi va boshqa 20dan ortiq korxona vakillari samarqandlik tadbirkorlar bilan ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0