Suriyada Rossiyaning Su-25 samolyoti urib tushirildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishShturmovik Su-25 SM VVS Rossii
Shturmovik Su-25 SM VVS Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya qurolli kuchlarining javob zarbasi bilan 30dan ortiq jangari yo‘q qilindi.

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Bugun, shanba kuni Suriyaning Idlib viloyatida Su-25 samolyoti urib tushirildi, uchuvchi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Shanba kuni Rossiyaning Su-25 samolyoti Suriyaning Idlib viloyatida urib tushirildi. Uchuvchi samolyotni tark etishga ulgurgan, lekin jangarilar bilan bo‘lgan jangda qurbon bo‘lgan”, — deyilgan vazirlik xabarida.

Rossiya harbiy havo kuchlariga tegishli bo‘lgan samolyot Idlib viloyatidagi tinchilik o‘rnatish hududi ustidan navbatchi parvoz amalga oshirayotgan vaqtida zarbaga uchragan.

Upravlyayemaya raketa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiy bazasiga hujum uyushtirgan jangarilar yo‘q qilindi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot “Jabhat-an-Nusra” jangarilari tomonidan, ko‘chma zenit-raketa qurilmasi yordamida urib tushirilgan.

So‘nggi damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Jabhat-an-Nusra” jangarilari nazorati ostida bo‘lgan hududga aniq nishonga oluvchi qurol yordamida yoppasiga zarba berilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarba oqibatida 30dan ortiq jangari yo‘q qilingan.  

Ayni damda Rossiya Tinchlik o‘rnatish markazi Turkiya vakillari bilan birgalikda rossiyalik uchuvchi tanasini qaytarish choralarini ko‘rmoqda.

Yangiliklar lentasi
0