Oʻzbekiston 7 mamlakat fuqarolari uchun kirish vizalarini bekor qildi

© Sputnik / Xulkar IbragimovaMasteritsa Oydina Burxanova iz Ferganы shyet kukol s 5 let
Masteritsa Oydina Burxanova iz Ferganы shyet kukol s 5 let - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident imzolagan yangi farmonga koʻra, 10 fevraldan boshlab 7 mamlakat fuqarolari Oʻzbekistonga 30kunga vizasiz tartibda kelishlari mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Bir necha mamlakat fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirish vizalari bekor qilinsin, deyilgan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi qarorida, RIA Novosti xabariga asosan.

“2018 yilning 10 fevralidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun Isroil Davlati, Indoneziya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunga vizasiz kirish tartibi oʻrnatilsin”, — deyilgan hujjat matnida.

Shuningdek, 10 fevraldan boshlab yana 39 mamlakat uchun sayyohlik vizalari rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladi. Ular orasida Avstraliya, Gollandiya, Hindiston, Xitoy, Kanada, AQSH,  Saudiya Arabistoni, BAA, Shvetsiya va boshqalar bor.

Goskomturizm Uzbekistana rabotayet nad snijeniyem tsen na aviapereletы - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi aviareyslarga chiptalarni arzonlashtirish ustida ishlamoqda

Shuningdek, prezident qarorida aytilishiga koʻra, 2018 yilning 1 iyulidan boshlab elektron vizalar berish tartibi joriy etiladi.

Eslatib oʻtmiz, oxirgi yillarda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish boʻychi jiddiy chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, har bir viloyatning oʻz turistik brendini ishlab chiqarish, ichki turizmni rivojlantirish, Oʻzbekistonni xorijda targʻib qilish uchun turli xorijiy telekanallar orqali videolavhalar va hujjatli filmlar namoyish qilish va boshqalar.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2017 yilning yanvar sentyabr oyida xorijlik sayyohlarga berilgan vizalar soni 2016 yilning ushbu davriga nisbatan 24%ga oshib 96 752 mingtani tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala