Iqtisod

Aripov: Oʻzbekiston raqamli qayta shakllanish davrini boshidan kechirmoqda

© Pravitelstvo Kыrgыzskoy respublikiPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vo vremya vizita v Kыrgыzstan
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vo vremya vizita v Kыrgыzstan - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston bosh vaziri mamlakatda innovatsion va raqamli texnologiyalar sohasida roʻy berayotgan oʻzgarishlar haqida soʻzlab berdi.

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Globalizatsiya davrida raqamli kun tartibi” mavzudagi forumda soʻzga  chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Kazaxstan.

Abdulla Aripov Oʻzbekistonda yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlar, raqamli texnologiyalarni turli sohalarda qoʻllash, innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturi va boshqa narsalar haqida soʻzlab berdi.

“Oʻzbekiston ham ildam qadamlar bilan raqamli qayta shakllanish davridan oʻtmoqda: mamlakatda katta soliq imtiyozlariga ega boʻlgan innovatsiyalar markazi, elektron hukumat va prezidentning elektron qabulxonasi tashkil etilgan. Prezident elktron qabulxonasi orqali bir yilda 1,6 mln fqarolar murojaatlari qabul qilindi”, — dedi bosh vazir.  

Undan tashqari soliq va bojxona toʻlovlari toʻliq elektron shaklga oʻtkazilgan. Tashkil qilingan elektron roʻyxatga olish tizimi tufayli yangi biznes ochish vaqti 30 minutgacha qisqartirilgan.

Oʻzbekiston bosh vaziri fikriga koʻra, MDHning keyingi rivojlanishi, dunyo miqyosida raqobatbardoshligini oshirishi – raqamli iqtisodning samarali joriy etilishiga bogʻliq boʻladi.

“Turli mamlakatlarda raqamli iqtisod turli yoʻllar bilan va turli tezlikda rivojlanadi, lekin uning barcha uchun umumiy xususiyatlari ham bor. Bu – innovatsiyalar va investitsiyalar oqib kelishi uchun qulay sharoit yaratilishi”, — dedi Aripov.

Shuningdek Oʻzbekiston bosh vaziri odatiy moliya institutlari  hamda innovatsion kompaniyalarning hamkorlik qilishi uchun yagona maydon tashkil qilish tashabbusini kiritdi.

Bosh vazir fikriga koʻra, bunday hamkorlik innovatsion mahsulotlarni moliya bozorlariga birgalikda kiritish, shuningdek blokcheyn, ochiq maʼlumotlar kabi yangi texnologiyalardan samarali foydalanish mexanizmini yaratishga xizmat qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala