Jamiyat

Prezident havosi eng koʻp ifloslangan shaharlarni sanab oʻtdi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishZagryazneniye proizvodstvom okrujayuщey sredы
Zagryazneniye proizvodstvom okrujayuщey sredы - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga, Tabiatni muhofaza qilish milliy dasturini ishlab chiqarish topshirildi.

TOSHKENT, 4 fev – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2 fevral kuni Oʻzbekistonda ekologik vaziyat tahlili va uni yaxshilashga ishlarga bagʻishlangan majlis boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Majlis davomida prezident Andijon, Angren, Buxoro, Navoiy, Fargʻona, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq, Toshkent va Nukus shaharlarida havoning chang bilan ifloslanish darajasi belgilangan sanitar normalaridan 2,7 baravar ortiqcha ekanligini qayd etdi.

 

Ushbu vaziyat tufayli Davlat Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi rahbarlariga, xalqaro tajribaga asosan, Tabiatni muhofaza qilish milliy dasturi ishlab chiqarish topshirildi.

Orol dengizi oʻrnidagi sahro - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash dasturi ishga tushdi

Undan tashqari respublikadagi chiqindi yigʻish tizimi ham tanqidiy tahlil  qilindi. Xususan shahardagi chiqindixonlarni namunaviy loyiha asosida optimallashtirish, qishloq aholisini ham sanitar-tozalash xizmatlari bilan qamrab olish borasida 5 yillik dastur ishlab chiqarish vazifasi qoʻyildi.

Prezident Oʻzbekistonning 9ta shaharlarida chiqindini yigʻish va qayta ishlash klasterlarini ishga tushirish boʻyicha topshiriq berdi. Bu borada Surxondaryoda tashkil etilgan klaster faoliyati namuna qilib koʻrsatildi.

Eslatib oʻtamiz, prezidentning 2017 yil 21 apreldagi farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qayta tashkil etilib, uning zimmasiga ekologik holatni yaxshilash, maishiy chiqindilarni yigʻish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash borasida ulkan vazifalar qoʻyilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala