Kollejlarda o‘qish pullik bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Kollejlar davlat ta’minotidan chiqariladi, bepul o‘qish faqat kam ta’minlangan oilalar uchungina saqlanib qoladi.

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston kollejlari pullik o‘quv tizimiga o‘tmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri, prezident qaroriga asosan.

2018-2019 o‘quv yilidan boshlab oldingi, 11-yillik majburiy ta’lim tizimiga o‘tish munosabati bilan kollejlar faoliyatini qayta tashkillashtirishga qaror qilindi. Bundan buyon o‘zbekistondagi barcha kollej turidagi o‘quv muassasalarida o‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bepul  o‘qish faqat alohida toifadagi fuqarolar, jumladan kam ta’minlangan oilalar uchun saqlanib qoladi.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, davlat bepul o‘qish uchun grantlar ajratadi. Grant asosida o‘qishni bitirgan talabalar o‘z kasbi bo‘yicha viloyatlarda kamida 3-yil mehnat qilishlari shart bo‘ladi.

Hujjatda qayd etilishiga ko‘ra, kollejlarning davlat tomonidan moliyalashtirilishi rejali tartibda qisqartirib boriladi. Uch  yildan keyin esa, 2017-yilda o‘qishga kirgan talabalar bitirganidan so‘ng, kollejlarning davlat tomonidan moliyalashtirilishi to‘xtatiladi.

Shundan so‘ng kollejlar o‘quvchilarining kontrakt puli, ular biriktirilgan muassasalar, sanoat korxonalari va banklar homiyligi asosida kun kechiradi.

Begzod Rahmonov tayyorladi.

Yangiliklar lentasi
0