Moskvada oxirgi 100-yilda eng kuchli qor yog‘ini kuzatilmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSnegopad v Moskve
Snegopad v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tabiiy anomaliya oqibatida - 1 kishi qurbon bo‘lgan, 5 kishi jarohatlangan, 370 ta daraxt qulab tushgan, 100dan ortiq aviaparvozlar bekor qilingan.

MOSKVA, 4 fev — Sputnik. Ushbu dam olish kunlari, 3-4 fevralda Moskva eng kuchli qor yog‘ini bo‘lib o‘tmoqda. Ikki kun davomida yoqqan qor qalinligi 40 sm dan oshdi. Sinoptiklar xabariga ko‘ra bunday kuchli qor yog‘ini oxirgi 100-yilda kuzatilmagan.

© Sputnik / Ivan Sekretarev / Mediabankka o‘tishMoskvada qalin qor yog‘di
Lyudi stoyat na ostanovke radom s zasnejennim parkom vo vremya snegopada v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada qalin qor yog‘di
Moskva bo‘ylab 370ga yaqin daraxtlar qulab tushgan, bir kishi qurbon bo‘lgan bir necha kishi jarohatlangan. Moskva metrosining, bir qismi yer ustidan o‘tgan, Fili yo‘nalishida, temir yo‘lga daraxt qulab tushishi oqibatida metropoliten harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Shuningdek simlar uzilishi va daraxtlar qulashi oqibatida bir necha tramvay yo‘nalishlari ham vaqtincha ishlamayapti.

© Sputnik / Ivan Sekretarev / Mediabankka o‘tishMoskvada qalin qor yog‘di
Snegopad v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada qalin qor yog‘di
Yakshanba kuni Moskvada qor qatlamining umumiy qalinligi 60 santimetrdan  oshishi kutilmoqda. Fevral oyi uchun odatiy norma esa — 35 sm.

Ushbu qor uyumlarini tozalash uchun o‘ahar ko‘chalarida 15 ming texnika 70 ming ishchilar ishlamoqda. O‘tgan sutka davomida shahardan 800 ming kubometr qor olib chiqib ketilgan.

© Sputnik / Oleg Golod / Mediabankka o‘tishMoskvada qalin qor yog‘di. Kommunal xizmat ishchilari yo‘l ustiga qulab tushgan daraxtni olib tashlashmoqda
Sotrudniki kommunalnix slujb vo vremya uborki dereva, upavshego na avtomobilnuyu dorogu v sledstvie snegopada v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada qalin qor yog‘di. Kommunal xizmat ishchilari yo‘l ustiga qulab tushgan daraxtni olib tashlashmoqda
Shaharning asosiy ko‘chalari har to‘rt soatda maxsus avtomobillar yordamida supurilmoqda va qor erituvchi reagentlar, marmar kukuni bilan ishlov berilmoqda.

Moskva shahar transporti tizimi kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Metropolitenning 1800 dan ortiq xodimlari kirish yo‘laklari va metropolitenga yaqin hududlarni tozalamoqda.

© Sputnik / Oleg Golod / Mediabankka o‘tishQalin qor tufayli ayrim yo‘nalishlarda tramvaylar harakati to‘xtab qoldi
Snegopad v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Qalin qor tufayli ayrim yo‘nalishlarda tramvaylar harakati to‘xtab qoldi
Ob-havo tufayli Moskva aeroportlarida ushlab qolingan aviaparvozlar soni 100dan oshdi. Yakshanba kuni kechqurun havo harorati —10 darajagacha sovishi kutilmoqda.

© Sputnik / Oleg Golod / Mediabankka o‘tishMoskvada qalin qor yog‘di
Snegopad v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada qalin qor yog‘di
Yangiliklar lentasi
0