Rossiyada vaqtincha yashash uchun olingan ruxsatnomalar soni bo‘yicha O‘zbekiston 4 o‘rinda

© Sputnik / Vadim Jernov / Mediabankka o‘tishFMS Sankt-Peterburga prezentovalo obrazsi dokumentov s otpechatkami palsev
FMS Sankt-Peterburga prezentovalo obrazsi dokumentov s otpechatkami palsev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p ruxsatnoma olgan mamlakatlar orasida Ukraina, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari bor.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari 2017-yilda Rossiyada vaqtincha yashash uchun berilgan ruxsatnomalar soni bo‘yicha 4-o‘rinni egalladi, deb xabar qilmoqda Rossiya IIV sayti.

Protsedura snyatiya biometricheskix dannix v vizovom sentre Sankt-Peterburga - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada vaqtincha yashash ruxsatnomasini olish uchun yangi viza joriy etildi

Ruxsatnomalar eng ko‘p berilgan mamlakat bu – Ukraina. 2017-yilda Ukrainaning  96 212 nafar fuqarosiga vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma berilgan. Ruxsatnomalar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda — Qozog‘iston 45317 ta, uchinchi o‘rinda Tojikiston – 40 887ta turadi.    

O‘zbekiston fuqarolariga o‘tgan yilda – 36 469ta vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma berilgan. Beshinchi o‘rinda Armaniston bo‘lib, ushbu davlat fuqarolariga 22 860 ta ruxsatnoma berilgan.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy fikr o‘rganuvchilari ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda O‘zbekistondan tashqarida yashayotgan fuqarolar soni 3 million kishiga yaqin. Rossiya IIV xabariga ko‘ra, Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari migrantlar umumiy sonidan 10%ni, ya’ni 1 millionga yaqin kishini tashkil qiladi. O‘zbekiston fuqarolari nomiga 765 800 ta patent rasmiylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0