O‘zbekistonga Rossiya harbiy delegatsiyasi tashrif buyurdi

© Minoboroni RUzDelegatsiya Minoboroni Rossii rasskazala Uzbekistanu o reformax v VS
Delegatsiya Minoboroni Rossii rasskazala Uzbekistanu o reformax v VS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan amalga oshirilgan tashrif davomida tegishli masalalar muhokama qilindi

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlar Bosh shtabi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Ivan Buvalsev boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nachalis uzbeksko-rossiyskie voyennie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston
Forishda O‘zbekiston-Rossiya harbiy mashqlari boshlandi

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan amalga oshirilgan tashrif davomida tegishli masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi harbiy delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘lib, kadrlar tayyorlash jarayoni, yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shundan so‘ng I. Buvalsevning Rossiya qurolli kuchlarining jangovar tajribasi haqida akademiyada ma’ruzasi tinglandi. Tadbir barcha harbiy okrug qo‘shinlariga onlayn tarzida uzatildi.

Vazirlikning bildirishicha, O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik doirasidagi chora-tadbirlar ko‘lami tobora kengayib, oliy harbiy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ko‘p yillik xizmat tajribasiga ega ofitserlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, dolzarb yo‘nalishlardagi izlanishlar xorij tajribasiga tayangan holda amalga oshirilmoqda.

O‘tgan yilning 3-7 oktabr kunlari O‘zbekistondagi "Forish" tog‘li harbiy poligonda O‘zbekiston va Rossiya qurolli kuchlarining qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. So‘nggi bor bu kabi mashg‘ulotlar 12-yil avval o‘tkazilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0