O‘zbekiston sport delegatsiyasi Pxonchxanga yetib bordi

© NOK UzbekistanaSportivnaya delegatsiya Uzbekistana pribila v Pxenchxan
Sportivnaya delegatsiya Uzbekistana pribila v Pxenchxan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ertaga, 8-fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi mamlakat sport delegatsiyasi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ini ko‘tarish rasmiy marosimida ishtirok etadi

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Janubiy Koreyada o‘tkaziladigan qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston sport delegatsiyasi Pxonchxan shahriga yetib bordi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston delegatsiyani Koreyada tashkiliy qo‘mita vakillari va bir guruh o‘zbekistonlik sport muxlislari kutib oldilar.

Ertaga, 8-fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi mamlakat sport delegatsiyasi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasining davlat  bayrog‘ini ko‘tarish rasmiy marosimida ishtirok etadi. 9-fevral kuni esa Pxonchxanda XXIII qishki Olimpiadaning tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.

© NOK UzbekistanaO‘zbekiston sport delegatsiyasi Pxonchxanda
Sportivnaya delegatsiya Uzbekistana pribila v Pxenchxan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston sport delegatsiyasi Pxonchxanda

Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Misha Ge ayni paytda AQShda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini davom ettirayotgani sababli Janubiy Koreyaga 11-fevral kuni yetib boradi. U 16-fevral kuni “Gangneung Ice Arena” muz saroyida figurali uchishning qisqa dasturida chiqish qilsa, 17-fevralda erkin dasturda o‘z omadini sinab ko‘radi.

Komiljon To‘xtayev 18-fevral kuni tog‘ chang‘isining gigant slalom bahslarida ishtirok etadi. 22-fevralda esa slalom bo‘yicha musobaqada qatnashadi. Tog‘ chang‘isi bo‘yicha bellashuvlar “Yongpyong Alpine Centre” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Qishki Olimpiya o‘yinlarida sportchilardan tashqari o‘zbekistonlik hakam ham ishtirok etadi. Figurali uchish bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam Saodat Numanova o‘yinlarda hakamlik vazifasini bajaradi.

Yangiliklar lentasi
0