Jamiyat

Adliya polkovnigi Sayyora Xodjayeva IIBB inson huquqlarini poymol etayotganini taʼkidladi

© Foto : iz lichnogo arxiva Sayyorы XodjayevoySayyora Xodjayeva
Sayyora Xodjayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda ayollar bilan bogʻliq vaziyat, ularning haq-huquqlari borasida oʻtkazilgan suhbatda huquqshunos Sayyora Xodjayeva fohishabozlikka qarshi kurashning bunday shakli - inson haq-huquqlari va erkinliklari bilan bogʻliq konstitutsiyaviy shartlarga muvofiqligi nuqtai-nazaridan mutlaqo nomaqbulligini taʼkidladi

TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Fohishalik bilan shugʻullanayotgan ayollarning suratini ular roziligisiz chop etish — inson huquqlarini poymol etishdir, deb taʼkidladi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda Adliya polkovnigi, demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xodjayeva.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Toshkent shahar IIBB fohishalik bilan shugʻullanayotgan ayollar suratlarini oʻz rasmiy saytida eʼlon qilgan edi.

Doska pozora: foto pyanыx avto-ledi opublikovanы na sayte GUVD Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
"Sharmandalar taxtasi": IIBB mast holatda mashina boshqarayotgan xonimlar suratini eʼlon qildi
IIBB boshliq oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayev soʻnggi vaqtlarda fohishalik bilan shugʻullangan ayollarning foto suratlarini chop etilishi boshlangani sababini izohlar ekan: "Nima uchun bunday qildik? Chunki ushbu ayollar oʻzlari maxsus saytlarda bemalol oʻzlarining fotosuratlarini, telefon raqamlarini, badan oʻlchamlari, oʻzlarini va xizmatlarini reklama qilishmoqda", — deb taʼkidlagan edi.

Toshxoʻjayevning soʻzlariga koʻra, huquq tartibot organlari tomonidan bunday choralar faqatgina qoʻlga olingan ayollar va ularning faoliyatlari haqida maʼlumotlar batafsil tekshirib chiqilgandan soʻng amalga oshirildi. Qoʻlga olingan shaxslar kimdir sudga arz qilmoqchi boʻlsa, albatta buni qilishlari mumkin. Sud jarayonida IIBB oʻz hatti-harakatlarini tushuntirib beradi.

Oʻzbekistonda ayollar bilan bogʻliq vaziyat, ularning haq-huquqlari borasida oʻtkazilgan suhbatda huquqshunos Sayyora Xodjayeva fohishabozlikka qarshi kurashning bunday shakli — inson haq-huquqlari va erkinliklari bilan bogʻliq konstitutsiyaviy shartlarga muvofiqligi nuqtai-nazaridan mutlaqo nomaqbulligini taʼkidladi.

Oyoqlar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"ORIYAT" operatsiyasi: Toshkent IIB fohishalarga qarshi urush eʼlon qildi
"Fohishabozlikka qarshi kurashning bunday shakli — inson haq-huquqlari va erkinliklari bilan bogʻliq konstitutsiyaviy shartlarga muvofiqligi nuqtai-nazaridan mutlaqo nomaqbul. Bu ayollarning suratlarini ularning roziligisiz chop etish — inson huquqlarini poymol etishdir! Militsiya xodimlari oʻz hatti-harakatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksida profilaktikaning barcha choralari koʻzda tutilgani, goʻyoki fotosuratlarni chop etishga biror taʼqiq yoʻqligi bilan izohlashadi. Ularga javoban, oʻzimning Feysbukdagi sahifamda IIBB oldiga savol qoʻydim: unda nega bu ayollar xizmatidan foydalangan erkaklar suratlari ham eʼlon qilinmayapti? Bu erkaklar birdamligimi yoxud bir tomonlama kurash? Shaxsan men bu kabi holatlarni ayollarni kamsitish, deb hisoblayman. Toki talab bor ekan — taklif ham boʻladi! Hurmatli erkaklarimiz ham oʻz harakatlari uchun javob berishsin! Chunki jinsi, irqi, dini va hokazolarga qaramasdan — qonun oldida barcha barobardir", — deb taʼkidladi Xodjayeva.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala