IIV xabarlari bilan Telegram orqali ham tanishish mumkin bo‘ldi

© StringerUzbekskiy militseyskiy avtomobil
Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yil noyabrida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati tizimida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tuzilishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori e’lon qilingandi

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi rasmiy veb-saytidagi ma’lumotlar bilan messenjer va ijtimoiy tarmoqlar orqali ham tanishish mumkinligini ma’lum qildi.

Sotrudniki MVD Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV xorijlik hamkasblari bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda

“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining www.iiv.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilayotgan ma’lumotlarni telegramm kanalining @iivuz yoki http://t.me/iivuz, Feysbuk sahifalarining www.facebook.com/IIVUZ yoki www.fb.me/IIVUZ manzillarida ham kuzatib borishingiz mumkin”, — deyiladi IIV matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan 1102 raqamli ishonch telefoni orqali kechayu-kunduz murojaatlar qabul qilinishi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil noyabrida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati tizimida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tuzilishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori e’lon qilingandi.

Hujjatga ko‘ra, boshqarma ichki ishlar organlari faoliyatini axborot kuzatuvi ishlarini muvofiqlashtirish, ular mansabdor shaxslarining fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv va brifinglarini, jamoat xavfsizligini ta’minlash va mamlakatda huquq-tartibotni mustahkamlash masalalari bo‘yicha fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0