Jamiyat

Prezident oʻtkazgan yigʻilishda xotin-qizlar qoʻmitalari faoliyati qoniqarsiz ekani taʼkidlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na rasshirennom zasedanii Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan
Shavkat Mirziyoyev na rasshirennom zasedanii Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Yigʻilishda xotin-qizlar qoʻmitalari faoliyati qoniqarsiz ekani, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga koʻmak berish, erta nikohlar, ajrashishlar va ayollar jinoyatchiligining oldini olishga yetarlicha eʼtibor berilmagani taʼkidlandi

TOSHKENT, 7 fev – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7 fevral kuni xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Xotin-qizlar qoʻmitasi vakillarini "begona" tadbirlarga jalb qilish taqiqlandi

Prezident matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, oʻtgan yili jamoatchilik nazorati guruhlari tashkil etilib, xotin-qizlar hayotidagi muammolar oʻrganildi. 2017 yilda jami 5 milliondan ortiq xonadonga kirib borilib, oilalar tomonidan koʻtarilgan masalalarni hal etish choralari koʻrildi. Jumladan, 22 mingta oilada ajrashib ketishning oldi olindi, 36 ming fuqaro ishga joylashtirildi, 14,5 ming yurtdoshimizga imtiyozli kredit olishda yordam berildi.

Yigʻilishda bu oilalar farovonligini taʼminlashga qaratilgan muhim ishlarning bir qismi xolos ekanligi, bu borada amalga oshirish zarur boʻlgan qator dolzarb vazifalar turganligi taʼkidlandi.

"Xotin-qizlarga eʼtibor hamma vaqt barcha saʼy-harakatlarimiz markazida boʻlishi, hammamizning vazifamizga aylanishi kerak. Oilaga eʼtibor aslida bu oʻzligimizga eʼtibordir", dedi prezident.

Yigʻilishda xotin-qizlar qoʻmitalari faoliyati qoniqarsiz ekani, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga koʻmak berish, erta nikohlar, ajrashishlar va ayollar jinoyatchiligining oldini olishga yetarlicha eʼtibor berilmagani taʼkidlandi.

Bildirilishicha, oxirgi yillarda ajrashishlar soni har yili 10-11 foizga oshib borgan. 2017 yilda 31 mingdan ziyod ajralish holati qayd etilgan. Buning oqibatida, asosan, ayollar va bolalar jabr koʻrmoqda. Ayollar oʻrtasida jinoyatga qoʻl urish hollari koʻp uchramoqda.

Jenix i nevesta na brakosochetanii - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda "ZAGS"lar ajrimlarning oldini olish bilan shugʻullanadi

Shavkat Mirziyoyev mamlakat xotin-qizlarining hayotiy muhim manfaatlarini taʼminlash, turmush sharoitlarini har tomonlama yaxshilash boʻyicha muhim vazifalarni belgilab berdi.

Topshiriqlarga muvofiq, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining barcha boʻgʻinlaridagi rahbarlar faoliyati tanqidiy oʻrganilib, vazifasiga noloyiq kadrlar oʻzgartiriladi.

Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan va nogiron xotin-qizlarning manzilli roʻyxati shakllantirilib, ular bilan yakka tartibda ishlash tizimi joriy etiladi.

"Oila" markazi va Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Oila institutini mustahkamlash kontseptsiyasi loyihasi ishlab chiqiladi.

Sudlar tomonidan qaror qabul qilinayotganda, birinchi navbatda, ajralishlarning oldini olish, mazkur jarayonda ayollar va bolalar manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa, ularni uy-joy bilan taʼminlashga qaratilgan choralar koʻrish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.

Sotrudnik zakrыvayet dver sledstvennogo izolyatora - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xotin-qizlar qoʻmitasi aralashuvi tufayli samarqandlik ayol sud zalida ozodlikka chiqarildi

Joylardagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari faoliyati tanqidiy oʻrganilib, ularga oʻz vazifasi mohiyatini tushunadigan, adolatli, oilaviy qadriyatlarimizni hurmat qiladigan, professional kadrlar tayinlanadi.

Ishlash istagi boʻlgan xotin-qizlarning manzilli roʻyxatlari shakllantirilib, ularning bandligini taʼminlash, ayollarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida har bir mahalla kesimida ish olib boriladi. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, shuningdek, oʻtgan yili maxsus roʻyxatdan chiqarilgan 2 ming 587 nafar diniy oqim aʼzosi boʻlgan ayollarning hayotda oʻz oʻrnini topishi, ijtimoiy muammolarini hal etishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini oshirish, kam taʼminlangan oilalarga manzilli tibbiy yordam koʻrsatish, respublika skrining va reproduktiv markazlari xizmatlarini yanada rivojlantirish boʻyicha ham tizimli ishlar amalga oshiriladi.

Yigʻilishda sohada olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Istiqboldagi muhim vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala