Donald Tramp migrantlarni tanlash bo‘yicha yangi milliy markazni joriy etdi

Obuna bo‘lish
AQSh hukumati ma’lumotiga ko‘ra, ushbu markaz terrorchilar va jinoyatchilarni aniqlash bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotlaridan foydalanadi

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp migrantlarni va vizani olmoqchi bo‘lganlarni tanlash bo‘yicha yangi milliy markaz joriy etishni tasdiqladi, bu haqda Oq uy e’lon qilgan prezident memorandumida yozilgan.

Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh - moliyaviy jihatdan shaffof bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatida yetakchi o‘rinda

"Federal hukumat turli vazirliklar va ijroiya idoralari milliy xavfsizlik, chegara xavfsizligi, ichki va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan shaxslarni aniqlash uchun razvedka va boshqa axborotlarni muvofiqlashtirish va ishlatish usullarini yaxshilashi kerak. Ushbu maqsadga erishish maqsadida AQSh hukumati milliy xavfsizlik bilan bog‘liq muassasalarda ma’lumotlarni ishlatishga mukammal yondashuvni ishlab chiqishi kerak", — deb izoh keltiradi RIA Novosti.

Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders yangi markaz maqsadlari haqida bayonot berdi.

"Hozirgi federal hukumati tomonidan migrantlarni tashlash bo‘yicha ishlar tizimsiz olib borilmoqda. Bu o‘z navbatida hozirgi kunda mavjud bo‘lgan tahdidlarga kurash imkoniyatlarimizga to‘sqinlik qilmoqda. Tanlov bo‘yicha milliy markaz bu faoliyatni yaxshiroq muvofiqlashtiradi, amaldorlar uchun davlatimizga kirmoqchi bo‘lgan terrorchi va jinoyatchilar to‘g‘risida razvedka ma’lumotlarini yaxshiroq foydalanishga imkon beradi", — dedi Sanders.

Flag SShA na fone goroda - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Yevropa kompaniyalariga qarshi sanksiya kiritishi mumkin

Sanders yangi markaz fuqarolar huquq va erkinliklari buzilmasligiga ishontirdi.

Yangi markaz Ichki xavfsizlik vazirligi, Davlat departamenti, Adliya vazirligi va Milliy razvedka idorasi doirasida tashkil qilinadi. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha yarim yildan keyin taqdim etiladi.

Tramp bir necha marta terrorizm va jinoyatchilikdan himoyalanish maqsadida AQShda migrantlarni tanlash bo‘yicha mukammal tizimni joriy etish kerakligi to‘g‘risida fikr bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0