Hodisalar

Maktab internatida bomba borligi haqida yolgʻon xabar bergan ayol qoʻlga olindi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiye militsionerы vozle doma
Uzbekskiye militsionerы vozle doma - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent shahar IIBBga bomba haqida xabar kelib tushdi

TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Toshkent shahar IIBBga maktab internati hududida bomba borligi haqida xabar kelib tushdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Nochnoy Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekistonda uch kun ichida ikki nafar YPX xodimi urib yuborildi

"Kecha, 5 fevral kuni soat 18:18 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi L.Kucherenko mast holda 103-sonli aqli zaiflar maktab-internatida oʻqiyotgan oʻgʻli I.V.ni uyiga olib ketgani kelganida internat rahbariyati mast holda boʻlgani uchun olib ketishiga ruxsat bermagan. Kucherenko Toshkent shahar IIBBning 102 xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, yuqoridagi maktab internati hududida bomba bor, deb yolgʻon xabar bergan", — deb taʼkidlashdi IIBBda.

Mazkur xabar yuzasidan voqea joyiga huquqni himoya qiluvchi boshqa idora xodimlari yetib kelib, maktab-internat hududini tekshirganlarida xech qanday portlovchi moddalar va shubhali buyumlar topilmagan.

Koʻrilgan choralar natijasida yolgʻon xabar bergan L.Kucherenko ushlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0