Sud Islom Karimov haykalini o‘rnatish masalasi bo‘yicha referendumni bekor qildi

© Sputnik / Andrey Starostin / Mediabankka o‘tishSudebniy molotok, arxivnoe foto
Sudebniy molotok, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, "haykallarni ko‘chirish masalasi mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv organiga hech qanday aloqasi yo‘q"

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Moskva sudi prokuraturaning da’vo arizasiga ko‘ra Islom Karimov haykalini o‘rnatish bo‘yicha referendum o‘tkazish va Lenin haykalini Kalujsk maydonidan "Muzeon"ga ko‘chirish masalasini bekor qildi, deb xabar qildi sud zalidan RIA Novosti muxbiri.

Skver v sentre Moskvi nazovut v chest Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Lavrenov Moskvada Islom Karimov haykali o‘rnatilishiga qarshi ekanligini bildirdi

Prokuror o‘z da’vo arizasida 18-mart kuni referendum o‘tkazish bo‘yicha Yakimanka okrugi deputatlar kengashi qarorini bekor qilishni so‘ragan. Referendumni 8 ta masala bo‘yicha o‘tkazish rejalashtirilgan. Ular ichida Bolshaya Polyanka ko‘chasida Islom Karimov haykalini o‘rnatish masalasi ham bo‘lgan.

Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, referendumga qo‘yilgan masalalar "saylov huquqiy oqibatlarni ko‘rsatmaydi", "haykallarni ko‘chirish masalasi mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv organiga hech qanday aloqasi yo‘q".

Bundan avval Moskva monumental san’ati bo‘yicha komissiyasi raisi o‘rinbosari Lev Lavrenov Moskvadagi Islom Karimov hiyobonida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov haykalini o‘rnatish hamda Lenin haykalini Kalujsk maydonidan "Muzeon" hiyoboniga ko‘chirish masalasiga ham salbiy munosabat bildirgandi.

Moskva meri Sergey Sobanin 2017-yil 27-oktabr kuni Moskvada Islom Karimov haykalini o‘rnatish to‘g‘risida farmoyish imzolagandi. Ushbu hujjatga ko‘ra, haykal Yakimanka tumanida 2019-yil 31-dekabrgacha o‘rnatiladi.

Yangiliklar lentasi
0