Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onni Toshkentga Afg‘oniston bo‘yicha anjumanga taklif qildi

© Pool Photo via APPrezidenti Uzbekistana i Tursii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan
Prezidenti Uzbekistana i Tursii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Toshkent anjumani”ga BMT va YeI vakillari, Rossiya, Xitoy, AQSh, Hindiston, Eron, Pokiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlari taklif etiladi.

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Kecha 7-fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, prezident matbuot xizmati xabariga asosan.

Suhbat davomida O‘zbekiston prezidenti ushbu yilning mart oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Afg‘onistonda tinchlikka erishish bo‘yicha xalqaro konferensiyaga Turkiya delegatsiyasini taklif etdi.

O‘z navbatida, Rejep Tayyip Erdog‘an mintaqada tinchlik, osoyishtalik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash maqsadida tashkil qilinayotgan ushbu tashabbusni yuksak baholab, uni amalga oshirishni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi hamda mazkur tadbirda Turkiyadan yuqori darajadagi vakillar ishtirok etishini bildirdi.

Suhbat davomida ikki davlat rahbarlari o‘tgan yilning mart oyida Turkiyaga amalga oshirilgan O‘zbekiston prezidentining rasmiy tashrifi natijalarini yuqori baholab o‘zbek-turk hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga bag‘ishlangan "Toshkent anjumani" o‘tkazishni taklif qildi

Shu o‘rinda Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekistonda Turkiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilinganini yuqori baholab, Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Muloqot so‘ngida ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik aloqalari hamda an’anaviy yaqin hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanlarini yana bir bor tasdiqladilar.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda “Afg‘oniston – tinchlikka yo‘l” mavzusidaxalqaro anjuman o‘tkazishni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ushbu yilning 19-yanvarida bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashi majlisida xabar qilgan edi.

“Toshkent anjumani”ning yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida  unga, afg‘onistonlik hamkorlarimiz fikrini inobatga olgan holda,  BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni, BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili YeI tashqi ishlar va xavfsizlik bo‘yicha bosh vakili, Rossiya, Xitoy, AQSh, Hindiston, Eron, Pokiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlarini taklif etamiz", — degan edi Abdulazizo‘ Kamilov.
Yangiliklar lentasi
0