Pxonchxanda O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi

© NOK UzbekistanaV Pxenchxane podnyat flag Uzbekistana
V Pxenchxane podnyat flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Komil To‘xtayev ertaga bo‘lib o‘tadigan tantanali ochilish marosimida delegatsiya bayroqdori vazifasini bajaradi

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Pxonchxandagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ini ko‘tarish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, musobaqa tashkiliy qo‘mitasi, delegatsiya a’zolari, Pxonchxan Olimpiya shaharchasi meri, stol tennisi bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari chempioni, jahon chempionati va kubogi sovrindori Ryu Sing Min ishtirok etishdi. Tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

© NOK UzbekistanaO‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini ko‘tarish marosimi
V Pxenchxane podnyat flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini ko‘tarish marosimi

Ushbu o‘yinlarda O‘zbekiston sharafini figurachi Misha Ge va tog‘ chang‘ichisi Komil To‘xtayev himoya qilishadi. Komil To‘xtayev ertaga bo‘lib o‘tadigan tantanali ochilish marosimida delegatsiya bayroqdori vazifasini bajaradi.

Yangiliklar lentasi
0