Sergelida mudhish YTH sodir bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Haydovichlar aytishiga qaraganda, ushbu chorrahada "kun ora" avariya sodir bo‘lgan. Aynan shu sabab yangi svetoforlar o‘rnatilgan, lekin ular hali elektrga ulanmagan ekan.

TOShKENT, 8 fev – Sputnik. Toshkentning Sergeli dahasidagi “Sputnik-4” massivida mudhish YTH sodir bo‘ldi deb xabar qilmoqda “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari.

Chorrahada Kia yo‘ltanlamas avtomobili va beton qorishtiruvchi yuk mashinasi to‘qnashib ketgan. Beton qorishtiruvchi mashina tezligi katta bo‘lgani tufayli Kia avtomobili tanib bo‘lmas darajada pachoqlangan. Avtomobil sezilarli darajada pachoqlanishiga qaramasdan, uning ichida bo‘lgan kishilar jarohat olgan xolos. Ayni damda ular shifokorlar nazorati ostida.

Guruh haydovichlari aytishiga qaraganda, ushbu chorraha haqiqatdan ham juda xavfli bo‘lgan. “Bu yerda kun ora avariya” deb  yozadi mahalliy haydovchilardan biri.Aynan shu sabab ushbu chorrahaga yangi svetoforlar o‘rnatilgan, lekin ular hali elektrga ulanmagan ekan.

Yangiliklar lentasi
0