Toshkentda qidiruvda bo‘lgan pedofil qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston JKning 129-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) jinoyatini sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Avariya v Sergeli - Sputnik O‘zbekiston
Sergelida mudhish YTH sodir bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, 1960-yilda tug‘ilgan fuqaro Mirzaakbarov Yusuf Abdumannonovich, shaxsini aniqlash maqsadida Toshkent shahar IIBB Reabilitatsiya markaziga olib kelindi.

Yu.A.Mirzaakbarov O‘zbekiston IIV Axborot markazi bazasi orqali tekshirilgan vaqtda, unga nisbatan 29.04.2016 yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar IIBB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilinganligi aniqlandi.

© GUVD g. TashkentaMirzaakbarov Yusuf
Mirzaakbarov Yusuf - Sputnik O‘zbekiston
Mirzaakbarov Yusuf

Yu.A.Mirzaakbarov O‘zbekiston JKning 129-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) jinoyatini sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan.

Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0