Mirziyoyev: barcha sa’y-harakatlardan maqsad odamlarga qulaylik yaratish

© Press slujba prezidenta RUzShavkat Mirziyoyev v Yunusabadskom rayone Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev v Yunusabadskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanida bo‘lib, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilish ishlari bilan tanishdi

TOShKENT, 9 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ispaniya Qiroli Xuan Karlos I va qirolicha Sofiya Toshkent metrosiga tashrifi. - Sputnik O‘zbekiston
Yer ostidagi mo‘’jiza - Toshkent metrosi 40-yillik yubileyini nishonladi

Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanida bo‘lib, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilish ishlari bilan tanishdi.

Barcha sa’y-harakatlardan maqsad odamlarga qulaylik yaratish, dedi Shavkat Mirziyoyev. Metropoliten va avtobuslar hamohangligini ta’minlash, bekatlarda yo‘lovchilar to‘planishini va harakatini monitoring qilish, tahlilllar asosida yo‘nalishlarni optimallashtirish, bu bo‘yicha har kuni ish olib borish zarur. Yo‘lovchilarni ko‘paytirish hisobidan yo‘l kirani arzonlashtirish choralarini ko‘rish kerak.

Shu yerda poytaxtda qurilayotgan yer usti metrosi bo‘yicha axborot berildi. Prezident ushbu metro qurilishini takomillashtirish, ilm asosida materiallar vaznini yengillashtirish, metro yo‘li ostidagi hududni obodonlashtirish, qo‘shimcha xizmatlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Ma’lum qilinishicha, metroning tonneli asosini yaratish maqsadida 305 metrda beton ishlari bajarilgan va 330 ta yig‘ma temir-beton konstruksiyalari o‘rnatilgan. Qurilishga 200 dan ortiq ishchi va muhandis jalb etilgan. Germaniya va Xitoydan zamonaviy texnika va mexanizmlar keltirilgan. Uzunligi 2,9 kilometrni tashkil etadigan ushbu yo‘nalishni 2019-yilda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.

Yangiliklar lentasi
0