Farg‘onada IIB xodimi 300 dollar pora olayotganida qo‘lga tushdi

Obuna bo‘lish
Shahar hududidagi ta’lim muassasalari rahbarlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan inspektor xizmat mavqeyidan foydalanib, "ishbilarmonlik" qilishni rejalashtirgan

TOShKENT, 9-fevral – Sputnik. Farg‘ona shahar IIB huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi militsiya tayanch punktlari voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori Azizbek Mirzayev pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 100 ming dollar pora olgan sudya 12-yilga qamaldi

Xabarda aytilishicha, ish faoliyati davomida shahar hududidagi ta’lim muassasalari rahbarlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan inspektor xizmat mavqeyidan foydalanib, "ishbilarmonlik" qilishni rejalashtirgan.

A. Mirzayev 2017-yil iyul oyida tanishi Sh.Akromova o‘g‘lini Farg‘ona shahar 2-tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritmoqchiligidan xabar topadi. U Sh. Akromovaga kollejda tanishlari borligini aytib, o‘g‘lini o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da beradi. Bu ish quruqqa bitmasligiga ishora qilib, "xizmat" uchun vakolatli shaxslarga 300 dollar berishi zarurligini aytadi.

Sh.Akromova huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bilan murojaat qiladi. Milliy xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.Mirzayev fuqaro Sh. Akromovadan 300 dollar olayotganida ashyoviy dalil bilan qo‘lga tushadi.

Xabarga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudi A.Mirzayevning qilmishiga yarasha jazo tayinladi.

Yangiliklar lentasi
0